my5
Sevimli

Yaman poytaxtida motosikllar taqiqlandi

Dunyo 02.12.2013, 16:56
Yaman poytaxtida motosikllar taqiqlandi
Yaman hukumati mamlakat poytaxti Sana shahrida kelasi ikki hafta davomida motosikllarda harakatlanishni taqiqladi.

Hukumat, shu tariqa, Sana bo`ylab sodir etilgan siyosiyarboblar va harbiylarga qarshi suiqasdlarga qarshi kurashishga harakat qilmoqda, deya xabar beradi BBC.

Sanadan olinganxabarlarga ko`ra, aholi hukumat talabiga bo`ysungan va poytaxt ko`chalarida
motosikllar ko`rinmay qolgan. Eslatib o`tamiz, bir hafta oldin bir nechta qurollangan kishi xorijlik harbiy ekspertni o`ldirgan va qotillikdan keyin motosikllardan qochib ketgan edi. Sal oldinroq esa, xuddi shu sxema bo`yicha hukumat a`zosi o`ldirilgan.

Шарҳлар