my5
Sevimli

Avtoishqibozlarni xursand qilishi mumkin bo`lgan avtomebellar

Dunyo 02.12.2013, 17:18
Avtoishqibozlarni xursand qilishi mumkin bo`lgan avtomebellar
Avtoishqibozlar o`zqaldirg`ochlari bilan sutkalab ajralmaslikka tayyor odamlar toifasiga kiradi. E`tiboringizga o`zingizni garajdagi kabi his qilishga yordam beruvchi original
mebellar obzorini taqdim etamiz.
Eski “Mercedes 8 Coupe”dan tayorlangan karavot
Unda kapot ostidagi chiroqlar, faralar, “povorotnik”lar saqlab qolingan. Shuningdek, stol ustida turuvchi lampalar, yumshoq suyanchiq va ko`plab yoqimli jihozlar o`rnatilgan.


 
“Mazda”dan tayyorlangan mashina-bar
Mashina-bar “CraftLine GmbH” studiyasi tomonidan “Mazda RX-8” mashinasidan tayyorlangan. Bu eski avtoni ehtiyot qismlarga ajratib sotish o`rniga, undan  qanday foydalanishga ajoyib misol bo`la oladi.


 
Qahva stoli
Mashinaning nafaqat tashqi ko`rinishi taassurot qoldirishi mumkin. Ayrim dizaynerlar mebel predmetini yaratish uchun qo`llangan motor yoki boshqa ehtiyot qismlarga ham e`tibor qaratadi. Bu V8 qahva stoli. Shisha stol orqali asosning barcha detallarini tomosha qilish mumkin.


 
M8 ofis stoli
Uy ofisi katta aniqlikda avtomobil dizaynini takrorlovchi M6 dinamik stolidan faqat yutadi, xolos. Stol sifatli materiallardan tayyorlangan bo`lib, unga har qanday rangni tanlash mumkin.


 
Avto ehtiyot qismlaridan tayyorlangan divan va kichkina stol
Eski avtomobildan divan, kichkina stol va tasavvuringiz etadigan barcha narsalarni tayyorlagan holda, sevimli mashinangizga ikkinchi hayotni baxsh etishingiz mumkin.


 
“BMW”dan tayyorlangan stol
“BMW” stoli avtomobilning old qismi ko`rinishida yaratilgan. Kapot tekis ishchi yuzaga aylantirilgan, ikkita po`lat truba esa stolga qo`shimcha turg`unlik berish uchun qo`llanilgan. Stolni g`ildiraklar ushlab turibdi. Stul o`rniga mashina o`rindig`idan foydalanish mumkin.


 
“Fiat 500”dan tayyorlangan divan
Ushbu yoqimtoy divan “Fiat 500” avtomobilidan tayyorlangan. Uning dizayni ichidagi jihozlarini osonlik bilan o`zgartirish imkonini berdi. Barcha modifikasiyalarning vazifasi avtomobilning xarakterini saqlab qolgan holda qulay va funksional divanni
yaratishdan iborat edi.


 
Ford Mustang avtomobilidan tayyorlangan bilyard stoli
Agar garajingizda “Ford Mustang” (1965) turgan bo`lsa-yu, uni metallolomga topshirishni istamasangiz, unda mashinani katta bilyard stoliga aylantirish mumkin.


 
HarleyDavidson”dan tayyorlangan kreslo
Ushbu kreslo “First Impressions” studiyasi tomonidan “Harley Davidson”dan tayyorlangan. Unda old va orqa faralar, yon ko`zgu ko`zda tutilgan. Ammo eng qizig`i – bu oyoqlaringiz ostidan taglama olinishi bilan dinamiklardan chiqadigan mashina tovushidir. 


 
“Fiata 500”dan tayyorlangan stol
“Fiat 500” ‒ g`aroyib avtomobil, dizaynerlar uni turli transformasiyalar uchun faol qo`llab turadi.

Шарҳлар