my5
Sevimli

Inglizlar NUJ guvohiga aylandi (FOTO)

Dunyo 02.12.2013, 17:45
Inglizlar NUJ guvohiga aylandi (FOTO)
Angliyaning janubi-g`arbidagi graflikda istiqomat qiluvchi aholi osmonda NUJ paydo bo`lganining guvohiga aylandi.

Ushbu ob`ekt shamol elektr stansiyasining ustida harakatlangan, deb yozadi “The Daily Mail” nashri. Oval shakldagi sirli kulrang uchar ob`ekt shu joylarni suratga olayotgan professional suratkashning kadriga tasodifan tushib qolgan. U fotosuratni kattalashtirganida ham uning nima ekanligini aniqlay olmagan. Guvohlardan biri osmonda g`alati yorqin chiroqlarni ko`rganini, uning mashinasi esa ko`k rangli nurdan yorishib ketganini aytadi. Gazetaning yozishicha, bu paytda Devon qidiruv-qutqaruv xizmati o`quv mashqlarini o`tkazayotgan bo`lgan va ularda qatnashayotgan samolyot o`sha sirli ob`ekt bo`lishi
mumkin. Shunga qaramasdan, fotosurat chop etilganidan keyin odamlardan NUJ bilan bog`liq boshqa hodisalar haqida ko`plab sharhlar kela boshlagan.  



Шарҳлар