my5
Sevimli

Saudiya Arabistoni muhojirlarga qarshi urush e`lon qildi

Dunyo 03.12.2013, 12:03
Saudiya Arabistoni muhojirlarga qarshi urush e`lon qildi
Aholisi 30 million kishini tashkil etuvchi qirollik mamlakatdagi gastarbayterlar soni rekord to`qqiz millionga etganidan keyin noqonuniy migrasiya masalasi bo`yicha jiddiy xavotirga tushdi, deb yozadi “The Guardian” nashri.

So`nggi oylarda mamlakatdan bir millionga yaqin noqonuniy ishchi chiqarib yuborilgan, yaqin kunlar ichida yana shunchasini deportasiya qilish rejalashtirilmoqda. Qirollik hukumatining
ishontirib aytishicha, noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish borasida milliy belgilar bo`yicha hech qanday ajrimlarga yo`l qo`yilmayapti. Biroq, jamoatchilik fikrini o`rganuvchi tashkilotlarning ma`ruzalariga ko`ra, mamlakatdan asosan efiopiyalik ishchilar chiqarib yuborilmoqda.

Shu o`rinda, saudiyaliklarning eng bema`ni fikrlari aynan shu etnik guruh bilan bog`liqligini aytish joiz. Efiopiyaliklar nafaqat o`g`irlik va talonchilikda, balki afsungarlikda ham ayblanadi. Gazeta tarqatgan xabarga ko`ra, hozirga qadar mamlakatdan qariyb 50 ming nafar Efiopiya fuqarosi deportasiya qilingan, yana 80 mingtasi yaqin oylar ichida chiqarib yuboriladi. Jami Saudiya Arabistoni hududida kamida 14 ta mamlakatdan kelgan (Bangladesh, Hindiston, Filippin, Nepal, Pokiston, Yaman va h.k.) noqonuniy migrantlar bor.  

Шарҳлар