my5
Sevimli

Xitoyda 20 mingta amaldor xulqi uchun jazolandi

Dunyo 03.12.2013, 13:38
Xitoyda 20 mingta amaldor xulqi uchun jazolandi
2013 yil boshidan buyon Xitoyda 20 mingga yaqin amaldor davlat xizmatchisining o`zini tutish qoidalarini buzganligi uchun jazolandi.

Ushbu qoidalar 2012 yil oxirida joriy etilgan edi, deb yozadi “Sinxua” agentligi mamlakat kompartiyasi intizomni tekshirish bo`yicha markaziy komissiyasining bayonotiga tayangan holda. Yangi qoidalarni buzgan amaldorlarning aksariyatiga ma`muriy yoki intizomiy jazo tayinlangan. 

“Reuters” agentligining xabar berishicha, besh mingdan ziyod amaldor xizmat avtomobillaridan foydalanish qoidalarini buzgan. 900 dan ortiq amaldor esa haddan tashqari dabdabali bayram tadbirini tashkil etganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Qayd etib o`tamiz, 2012 yil dekabr oyi boshida partiya siyosiy byurosining majlisida amaldorlar uchun sakkizta intizomiy qoida joriy etilgan edi. Ular xizmat uchrashuvlari va
tashriflarga ketadigan sarf-xarajatlarni qisqartirishni hamda dabdabali bayram marosimlarini soddalashtirishni ko`zda tutadi. Xususan, amaldorlar zaruratsiz
ommaviy tadbirlarda rasmiy shaxs sifatida chiqishni to`xtatishlari, majlislarda uzundan-uzoq, ma`nosiz nutqlarni gapirishdan voz kechishlari kerak. 

Davlat amaldorlari uchun yangi, qattiqqo`lroq qoidalarning joriy etilishi Xitoyning hozirgi rahbari Si Szinpinning partiya imijini fuqarolar oldida yaxshilashga bo`lgan intilishi bilan bog`liq. Chunki jamiyatda o`zi uchun shaxsiy imtiyozlarni olish maqsadida o`z xizmat
vazifasidan foydalanuvchi korrupsiyalashgan amaldorlar obrazi shakllangan. 

Шарҳлар