my5

Hamdo`stlik kubogi-2014 musobaqasi uchun qur`a tashlandi

Sport 03.12.2013, 16:19
2525
Hamdo`stlik kubogi-2014 musobaqasi uchun qur`a tashlandi
Kelasi yilning 24 yanvaridan 2 fevral kunlarigacha Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida XXII Xalqaro Hamdo`stlik kubogi musobaqasi bo`lib o`tadi. Unda 12ta davlatning yoshlar terma jamoalari ishtirok etishadi. 

Bugun Rossiyadagi "Dom futbola" binosi ushbu musobaqa uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, O`zbekiston yoshlari "S" guruhidan o`rin olishdi. Bizning guruhda Latviya, Belorussiya va Qozog`iston yoshlari ham ishtirok etishadi.

guruhlar bilan tanishing:

"A" guruhi:
Estoniya, Tojikiston, Ukraina, Qirg`iziston.

"V" guruhi:
Litva, Turkmaniston, Rossiya, Moldova.

"S" guruhi:
Latviya, O`zbekiston, Belorussiya, Qozog`iston.

Barcha o`yinlar "Peterburgskiy" SKK majmuasida bo`lib o`tadi.

Шарҳлар