AsosiyDunyo

London metrosining issiqligi uylarni isitishga ishlatiladi

London metrosi tunnellaridan chiquvchi ortiqcha issiqlik uylarni isitishda yordamchi manba sifatida qo`llaniladi.

Bu haqda noyabr oyida Londonning Islington hududi kengashi bitim imzolanadi. Metro issiqligi bilan bog`liq dastlabki tajribalar aynan shu hududda o`tkaziladi. Mazkur rayonning rasmiy saytida berilgan ma`lumotga ko`ra, ushbu bitim elektr stansiyalaridagi ortiqcha issiqlikni ham xuddi shu maqsadlarda qo`llashni ko`zda tutadi. Bu mahalliy aholining kommunal xarajatlarini qisqartirishga yordam beradi.  

Hozirning o`zidayoq Islington hududida 700 dan ortiq bino “yashil” issiqlikni olmoqda. Yangi loyihaga ko`ra, ushbu tarmoq kamida yana 500 ta uyga kengaytiriladi. U ishlatilgan issiqlikning ikkita manbaini o`z ichiga oladi – bu London metrosining ventilyasiya shaxtasi va mahalliy kichik elektr stansiyasi.

London hukumati joylarda kichkina generatorlardan olinadigan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishini rag`batlantirishga intilib, ishlatilgan issiqlikni atmosferaga chiqarib yuborish o`rniga uni ikkilamchi marta qo`llash foydasiga chiqmoqda. Britaniya poytaxtini rivojlantirish strategiyasiga binoan 2025 yilga qadar Londondagi butun energiyaning chorak qismi ikkilamchi manbalardan ishlab chiqariladi. Xuddi shunday vaziyatni Avstraliyaning Sidney shahrida ham ko`rish mumkin: bu erda 2030 yilga kelib to`liq tiklanadigan energiya manbalariga o`tish rejalashtirilgan.  

    Boshqa yangiliklar