03.12.2013 18:17
“Kubik-rubik”ning yangi versiyalari chiqadi
Ushbu qadam bozorda to`lib ketgan qalbaki o`yinlar sonini qisqartirishga xizmat qilishi lozim.
Kompaniya brend-menejeri Yanos Kovachning so`zlariga ko`ra, kubikning yangi modellaridan biri uning qirralari oddiyroq aylanishini ta`minlaydi. Ikkinchi model esa ko`zi ojiz odamlargamo`ljallangan bo`lib, u har bir yuzada relefli geometrik figuralarga ega. “Bu bozordan Xitoyda ishlab chiqarilgan qalbaki boshqotirmalarni surib chiqarish imkonini beradi”, - deya iqtibos keltiradi "Associated Press” agentligi kompaniya vakilining “kubik-rubik”ni yig`ish bo`yicha Vengriyada o`tkazilgan Ochiq chemponatda so`zlagan nutqidan.
Rubik kubigi 1974yilda ixtiro etilgan bo`lib, bir yildan keyin venger Erne Rubik tomonidan patentlashtirilgan. Ushbu boshqotirma sotuvlar hajmi bo`yicha boshqa o`yinchoqlar orasida etakchi hisoblanadi.
Yaqinda 1990-yillarda ommabop bo`lgan Tamagochi ishlab chiqaruvchisi ham rebrending haqida e`lon qilgandi.