04.12.2013 10:56
Xitoydagi qishloqqa raketa parchalari tushdi
Apparat fazoga muvaffaqiyatli chiqdi, ammo raketa to`liq chiqolmadi. Parvozdan keyin taxminan to`qqiz daqiqadan so`ng raketaning bir parchasi Sunin uezdidagi qishloq omborxonasining tomiga tushgan.
Tomni teshib o`tganparchani hayrat bilan ko`rib chiqayotgan dehqon bu voqeadan yutib chiqdi, xolos: mahalliy hukumat unga etkazilgan zarar va parchalarning qiymatini 2000 dollar miqdorida qoplab berdi. Sichan kosmodromining joylashuvi bunday voqealar bo`lib turishini ko`zda tutadi. Ushbu uezdda ular yiliga bir marta yuz berib turadi. Ana shunday parchalardan eng kattasi 2011 yil oktyabrda tushgan edi. O`shanda qishloqdagi uy uchastkasining yoniga tushgan raketa parchasining og`irligi 250 kg ni tashkil etgan.