my5
Sevimli

Belgiyaning merosxo`r malikasiga o`g`irlash bilan tahdid qilishmoqda

Dunyo 04.12.2013, 13:56
Belgiyaning merosxo`r malikasiga o`g`irlash bilan tahdid qilishmoqda
Noma`lum shaxs, agar Belgiya hukumati mamlakatga keladigan migrantlar oqimini cheklamasa, Belgiya taxtining 12 yoshli merosxo`ri Elizavetani o`g`irlashini aytib, tahdid qilgan.

Bu haqda “La Derniere Heure” gazetasi tahririyatga kelgan xatga tayangan holda xabar beradi. Ushbu xatda Belgiya qiroli Filippning manzili ko`rsatilgan.

Hozir malika qatnaydigan maktab polisiya tomonidan kuchli qo`riqlanmoqda. Tergovchilar tahririyatdan xatning asl nusxasini olib, uni barmoq va DNK izlari bor-yo`qligiga tekshirib ko`rmoqchi. Shu bilan birga, polisiyada hozircha boshqa dalil yo`q. 
Xat muallifining fikricha, migrantlarni boqish belgiyalik soliq to`lovchilarga milliardlab evroga tushmoqda.

Belgiyalik malika Elizaveta Treza Mariya Elena 2001 yilda tug`ilgan. U amaldagi qirol Filipp va uning rafiqasi malika Matildaning to`ng`ich farzandi huquqi bo`yicha Belgiya
taxtining to`g`ridan-to`g`ri merosxo`ri hisoblanadi. Agar Elizaveta taxtga o`tirsa, u mamlakat tarixidagi birinchi qirolichaga aylanadi.  

Шарҳлар