04.12.2013 15:34
AQShdagi Guam oroliga 2 mingta o`lik sichqon tashlandi
Shu maqsadlarda yog`och iloniuchun o`limni anglatuvchi zahar shimdirilgan ikki mingga yaqin o`lik sichqon vertolyotlardan orolga tashlandi. Ushbu ilon noyob hisoblanadi, chunki u 2,5 metr masofagacha sakrashi hamda tikka turishi va bunda o`z tanasining 80% uzunligini vertikal ushlab turishi mumkin. uning chaqishi kattalar uchun zaharli emas, biroq kichkina bolalar
uchun xavflidir.
Reptiliyalarning ushbu turi o`tgan asrning 50-yillarida orolga tasodifan olib kelingan. U Ikkinchi jahon urushidan keyin Yangi Gvineyadan harbiy yuklar bilan birga kelgan bo`lishi
mumkin. Tabiiy dushmanlari mavjud bo`lmagan sharoitlarda ilonlar ko`payib ketib, qushlarga qirg`in keltira boshlagan.
Shu tariqa, 60 yil ichida Guamda 25 turdagi qanotlilarning 10 ta turi yo`qolgan, yana ikkitasining soni juda kamayib ketgan. Bundan tashqari, kaltakesaklar ham ilonlarning
qurboniga aylangan, xususan, gekkonlarning ikkita turi va ssinklarning bir turi yo`qolgan, qolganlari esa yo`qolish xavfi ostida turibdi.
Tabiiy changlatuvchilar – qushlar va kaltakesaklar – yo`qolishi natijasida oroldagi ekotizim zaiflashib, qisqara boshlagan. O`rgimchaklar populyasiyasi esa ko`paygan. Ilonlar o`rmon qushlaridan keyin uy tovuqlari, aniqrog`i tuxumlariga o`tgan. Yaqin-yaqinlargacha
yiliga 8 million donaga yaqin tuxum ishlab chiqargan Guam oroli, endi bu mahsulotni import qilishga majbur bo`layotir.
Uchar ilonlardan, ayniqsa, orol energetikasi zarar ko`rmoqda – reptiliyalar muntazam ravishda elektr energiyasi o`chishiga sababchi bo`lyapti. Ma`lum bo`lishicha, ilonlar ustunlar va transformatorlarga chiqib, elektr uzatish liniyalarida qisqa tutashuv hosil qilayotgan ekan.
O`lik sichqonlar orolning odamlar yashamaydigan va qishloq xo`jalik faoliyati olib borilmaydigan qismiga tashlangan.