04.12.2013 15:48
Belgiyada kuchli tuman tufayli 50 ta avtomobil to`qnashdi
Kuchli tuman tufayli birdaniga 50 ta engil avtomobil va yuk mashinalari to`qnashgan. O`nlab odamlar jarohatlangan.
Voqea seshanba kuni A19 trassasida Fransiya bilan chegara yaqinida yuz bergan. Mahalliy polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, ommaviy YTHga qalin tuman sababchi bo`lgan.
Gollandiya OAV tarqatgan xabarga ko`ra, o`nlab odamlar mashinalarda qolib ketgan. Qutqaruvchilar barcha jarohatlanganlarga darrov yordamga etib bora olmagan, shu bois qurbonlar va jabrlanganlarning aniq soni noma`lum. To`qnashuvdan keyin ba`zi mashinalardan deyarli hech nima qolmagan. Hozir A19 trassasi yopib qo`yilgan.