AsosiyMutolaa

​“BIROVNING ERIDAN BOShQA NIMANGIZ BOR?”

'​“BIROVNING ERIDAN BOShQA NIMANGIZ BOR?”'ning rasmi

“BIROVNING ERIDAN BOShQA NIMANGIZ BOR?”

Yaqinda tahririyatga qo`ng`iroq qilgan ayol, hayoti ayrimlarga saboq bo`lishi mumkinligini aytdi. — Faqat ismimni oshkor etmaysiz, harholda vijdonimni butunlay yutmaganman, — dedi Gulnora (ismi o`zgartirilgan). — Oila qurganimizga besh yil bo`lgach, farzandsizlik tufayli turmushim buzildi. Shifokorlar ikkalangiz ham soppa-sog`siz, balki boshqa turmush qursangiz farzandli bo`lib ketishinglar mumkin deyishdi. Shu gapdan keyin erim ajrashishga darrov rozi bo`la qoldi. Avvaliga oilam buzilganidan qattiq kuyindim, lekin ishga chiqqanimdan keyin dardim biroz aridi. Katta bir kompaniyaning reklama bo`limida kichkina lavozimni egallagan bo`lsam-da, ishim o`zimga yoqardi. Har xil odamlar bilan uchrashaman, reklama berish uchun turli tashkilotlarga boraman. Uchrashuvlar, seminarlarda qatnashish jonu dilim, ishqilib uyda o`tirmasam bo`lgani. Sekin-asta did bilan kiyinish, turli odamlar bilan muomala qilish, tadbirlarda o`zimni tutishni o`rgandim. Shunday tadbirlarning birida A`lo aka bilan tanishib qoldim. Qirq besh yoshlardagi, kelishgan, gap-so`zlari mulohazali bu odamning o`z biznesi bo`lib, badavlat va uddaburonligi shundoqqina bilinib turardi. Mahsulotimizni reklama qilish uchun o`zimni o`qqa-cho`qqa urib yurganimni zimdan kuzatib turgan ekan.

  • Juda chaqqon, jonkuyar xodim ekansiz, qani edi menikilar ham shunaqa bo`lishsa... — dedi u muloyim jilmayib.
  • Anchadan buyon shu gapni senga aytolmay yurgandim. Farzandli bo`lsak, qani edi... — dedi u entikib.
  • Siz bilan alohida gaplashsam bo`ladimi, Gulnoraxon? — dedi ayol.
  • Meni tanimaysiz, — dedi silliq turmaklangan sochi o`ziga yarashgan, did bilan ortiqcha hashamsiz kiyingan, chiroyli ko`zlari ma`yus boqsa-da, lekin gap-so`zlari o`ktam ayol. — Hech qachon uchrashmagan bo`lsak qaerdan ham tanirdingiz. Keling, siz bilan opa-singillardek gaplashib olaylik...
  • Yoki A`lo akam ustasi farang ekan, oilasiga sezdirmayapti, deb o`yladingizmi?
  • Aslida unday emas, — xo`rsindi xushro`y ayol. — Haqiqat achchiq bo`lsa-da, aytishga majburman. Aslida A`lo akamiz uchun siz har taraflama manzursiz. Chunki ajrashgansiz, farzandingiz ham yo`q. Siz bilan davrini surib, uyga qaytgach, kiprik qoqmay menga ham shirin muomala qiladi. Bolalarini ham yaxshi ko`radi... Ko`rdingizmi, qanday uchar odam A`lo akangiz? A`lo akam xotinini aldab yuribdi, menga esa faqat rost gapira deb o`ylasangiz kerak, — kinoyali jilmaydi u. — Sizga ham “ilgari hech bir ayolni ko`rib yuragim jizillamagan” deb aytdimi?
  • O`tiring, singlim — dedi ayol xotirjam lekin e`tirozga o`rin qoldirmaydigan ohangda: — Endi siz haqingizda gaplashsak. Xo`sh, siz-chi? Birovning eridan boshqa nimangiz bor? Agar homilador bo`lib qolsangiz, nima bo`ladi? Bolali bo`lganingizizdan keyin uni tutib bo`psiz! Balki bir-ikki oy ta`minlab turar, lekin keyinchalik qorasini ham ko`rsatmaydi. Qonunan biror narsa undirib olishga haqqingiz ham yo`qligini yaxshi biladi. Hozircha uni qiziqtirasiz, chunki bolangiz yo`q, boshingiz ochiq... Balki u ikki oilasi bilan ham yashashga rozi bo`lar, lekin farzandingiz otasiz o`sishiga tayyor turing. Balki farzandli bo`lsak xursand bo`lardim deb ham aytgandir. Buni sizga yordam berish uchun aytganiga shubham bor. Men bir narsaga hayronman, oilam bilan ajrashmayman degani bu jazmanligingcha qolasan degani-ku. Bu haqoratga qanday chidayapsiz? Balki undan farzand ko`rmayman, shundoq uchrashib yuraveraman deb o`ylayotgandirsiz. Ko`pi bilan yana besh olti yil uchrashadi keyin yoshrog`ini topib oladi. Sizni ko`rganda jiz etgan yuragi boshqasiga ham jiz etmaydi deb kim ayta oladi? Sizga maslahatim singlim, ikki yil umringiz xayf ketdi, bundan buyog`iga aldashiga yo`l qo`ymang. Bo`lmasa... Bo`lmasa qirq yoshingizni oilasiz, farzandsiz qarshi olasiz. Yoki bo`lmasa, otasi rasman tan olmagan bolangiz bilan qolasiz. Maslan men o`z bolalarimga bu taqdirni ravo ko`rmagan bo`lardim. Avvaliga erimga shunchaki ko`ngilxushlik bo`lsangiz kerak deb o`ylagandim, lekin uyim atrofida aylanib qolganingizni ko`rib, xayolingiz buzilganini tushundim.

Sho`xligim tutib men ham hozirjavoblik qildim:

— Qani edi mening rahbarim ham sizdek o`ylasa.

Kulib yubordi. Shu tarzda ortiqcha takallufsiz tanishib oldik.

Ish bahona bir-ikki telefonda gaplashganimizdan so`ng meni tushlikka taklif qildi. “Shu yoshimgacha hech bir ayolni ko`rganimda yuragim jiz etmagandi, siz boshqalarga o`xshamaysiz”, dedi. Boshim ochiqligi sababmi yoki o`zimga ham erkinlik yoqqani uchunmi u bilan uchrashib yurishga rozi bo`ldim. U shahar markazidan bitta uyni ijaraga oldi, onamga kelinoyim bilan kelisha olmayotganimni bahona qilib o`sha uyga ko`chib o`tdim. U har zamonda kelib turar, ishlashimga qarshilik qilmas, qimmatbaho sovg`alar berardi. Shu tarzda ikki yilcha uchrashib yurdik. Bunday yashash o`zimga yoqsa-da, lekin vaqt o`tgan sayin bola etaklagan ayollarni ko`rsam yuragim simillaydigan bo`ldi. Bir kuni bu niyatimni unga aytdim.

Quvonchim ichimga sig`madi. Lekin uning birinchi xotinidan farzandlari borligini bilardim. Negadir ular bilan yaqindan tanishgim keldi. Doim A`lo akaning xotini erining boshqa ayol bilan yurishini sezmaganiga hayron bo`lardim. Juda e`tiborsiz, befarq ayol bo`lsa kerak deb o`yladim. Ba`zida esa A`lo akamning sir bermaydigan ustasi farangligidan g`ururlanib ham qo`yardim. Bolalarini juda ko`rgim kelganidan unga bildirmasdan bir-ikki marta mahallasiga bordim, lekin bolalarini sira uchrata olmadim.

Bir kuni ishxonamga meni bir ayol so`rab keldi. Reklamachilardan birortasi bo`lsa kerak deb iliq kutib oldim.

Men hayron bo`lib “mayli” dedim.

Keyin ikkalamiz ofisimiz yonidagi kafega kirdik.

Yuragim shuv etdi. Chunki A`lo akamning xotinini, ko`rimsiz, didsizgina uy bekasi deb tasavvur qilardim.

Rangim oqarib ketganini sezgan ayol:

— Qo`rqmang, — deb tinchlantirdi. — A`lo akamning xotini juda go`l ekan-da, ikki yildan buyon uchrashib yursak ham sezmadi-ya, deb o`ylagandirsiz?

Bu ayol xayolimdan o`tganlarni o`qiyaptimi deb seskanib ketdim.

Tilim tanglayimga yopishib qolgandek, gapira olmasdim.

Ayolning bu gapidan keyin titrab ketdim.

— Hech o`ylab ko`rmadingizmi, balki siz bilan uchrashguncha boshqa ayollar bilan ham yurgandir? — shafqatsizlarcha davom etdi ayol. — Negadir jazmanlarning barchasi erkaklar faqat xotinini aldaydi, jazmaniga esa nuqul rost gapiradi deb o`ylashadi. Bilib qo`ying, u bizdan — oilasi, bolalaridan hech qachon yuz o`girmaydi. Agar bizdan voz kechishni istaganda, ikki yil oldin sizni uchratgan paytda ajrashib ketardi. Oilasi bilan ajrashish niyati yo`qligini tushungandirsiz?

Gap shu erga kelganda chiday olmay, turib ketmoqchi bo`ldim.

To`g`ri, istagimiz bilan hayotning bergani doim ham to`g`ri kelavermaydi. Qolaversa, endi bir narsani ochiq aytishingizni istardim. Meni o`rnimga o`zingizga qo`yib ko`ring: Uch farzandli ayolsiz, to`satdan eringiz o`ziga jazman orttirdi. Siz o`sha ayol haqida nima deb o`ylardingiz?

Nega o`zingiz tanimagan, sizga umuman yomonlik qilmagan ayolga jabr qilyapsiz? Erkakning shirin gaplariga yo`q deya olmadim demoqchimisiz? Yolg`on! Istasangiz qarshilik qilardingiz!

Endi esa uni oilasidan qanday ayirishni o`ylayapsiz. Bu ishlaringiz tashqaridan qaraganda qanday ko`rinishini bilasizmi? Bilganingizda, bu ishga qo`l urmagan bo`lardingiz.

Bundan buyog`iga qanday qaror qabul qilish o`zingizga havola. Endi siz ham o`n etti yoshli qiz emassiz, oila qurib, farzandli bo`ladigan vaqtingiz allaqachon kelgan. Agar shu yolg`on ichida yashashda davom etaman desangiz, ixtiyor o`zingizda, o`z hayotini barbod qilishni istagan odamga men nima ham derdim... — ayol shunday degancha men bilan xayrlashdi. U ketgandan keyin anchagacha o`zimni gipnoz ta`sirida turgandek his qildim. Afsuski ayol haq edi. U o`n daqiqada ko`zimni moshdek ochib qo`ydiki, butun hayotim, xatolarim ko`z o`ngimdan kinotasmadek o`tdi. O`zimdan o`zim nafratlanib ketdim...

O`sha kuni qanday ishlaganimni bilmayman. Uyga... to`g`rirog`i ijara uyimga qaytishim bilan narsalarimni yig`ishtirdim va to`g`ri onamning uyiga qaytdim. U ayol men haqimda hammasini gapirmagan edi. Men nafaqat o`zimni balki, aka-ukalarimning ham hayotini zaharlab yurgandim. Axir odamlar yuzimga aytishmagan bo`lsa-da, mening nima ishlar qilib yurganimni sezishmaganiga kim kafolat beradi? Mening kasrimga jigarlarim, onamning boshi egilgan bo`lishi mumkinligini nega ilgariroq o`ylamagan ekanman?

Ayol bilan gaplashganimdan so`ng, bir-ikki kun ilon chaqqandek tipirchilab yurdim. Lekin keyin u oqila, bardoshli ayol nafaqat o`zining oilasini, balki mening ham hayotimni to`g`ri yo`lga solib berganini tushundim... Nazarimda agar u “erimni yo`ldan uryapsan” deb janjal qilganida xatomni tushunishim dargumon edi.

Dilfuza SOBIROVA

    Boshqa yangiliklar