Му5
13

​KO`NGILDAGI DOG`

Mutolaa 06.10.2017, 15:16
5478
​KO`NGILDAGI DOG`

KO`NGILDAGI DOG`

“Bosh shifokor Nodira G`ulomova” degan eshik sekin ochildi va kotibaning boshi ko`rindi.

— Nodira Asadovna, sizni so`rab kelishibdi.

— Kim? — so`radi Nodira ishdan bosh ko`tarmay.

— B-bilmadim, onasiman, deydi.

Nodira kotibaga hayron bo`lib tikildi.

— Tushunmadim, oyim?!

Kotiba bir so`z demay ostonada turgan ayolga yo`l bo`shatdi.

Did bilan kiyingan, sochi kalta qirqilgan, pardoz-andozi joyida, keksaygan bo`lsa-da, ko`rinishidan yoshi nechchidaligini bilib bo`lmaydigan xushro`y ayol viqor bilan xonaga qadam qo`ydi.

Nodira ayolga qarab qotib qoldi lekin o`rnidan qimirlamadi.

— Keling, — dedi u salom bergach.

Nodiraning munosabatidan ayolning yuzidagi kalondimog`lik niqobi bir zumga ko`tarilgandek bo`ldi, lablari titrab “Salom” dedi.

Keyin tezda o`zini qo`lga olib: — Keldim, — dedi va Nodira ko`rsatgan joyga o`tirdi.

— Meni eslayapsanmi? — dedi ayol oradagi sukunatni buzib. — Onang bo`laman...

Nodira umr bo`yi onasi bilan uchrashuvni xayolida ming marta tasavvur qilib ko`rgan. Lekin hozir ro`y berayotgan voqea uning tushiga ham kirmagandi.

— Kechirasiz-u, mening oyim uyda, — dedi u ayoldan ko`zini olib.

— Bilaman... Lekin ishonchim komilki sen meni to`g`ri tushunasan.

— Nega bunchalik ishonchingiz komil? — bu suhbat Nodiraning g`ashiga tega boshladi.

— Chunki, — dedi ayol Nodiraning shinam kabinetiga ko`z yugurtirib.

— Menga o`xshab kareristkaliging ko`rinib turibdi. Xuddi shu sabab seni dadang bilan qoldirganman...

— Tashlab ketganman deng!

— Unday dema, men majbur bo`lganman.

— Qanday kuch ekan u onani o`z ixtiyori bilan boladan yuz o`girishga majbur qiladigan?

— Sen u zamonni tushunmaysan... Ilmiy ish qilish uchun faqat Moskvaga borish kerak edi, dadang menga yordam berishni istamagan! O`zi ilm bilan shug`ullanmaganga yarasha, menga ham yo`l bermagan.

— U zamonda dissertasiya yoqlagan ayol bir siz emassiz...

— Meni ko`rib xursand bo`lasan deb o`ylagandim, — alamdan ayolning ovozi titrab ketdi.

Nodira achchiq jilmaydi. “Menga kerak paytingizda qaerda edingiz? Nahotki, ko`nglimdagi jarohatlar shunchalik tez unutiladi deb o`ylasangiz?”.

Nodiraning o`ylanib qolganini ko`rgan ayol unga bosim o`tkazishda davom etdi.

— Men dadangni kechirdim, endi sen ham meni kechirishing kerak. Biz yosh bolalar emasmiz, bir-birimizni tushunib, madaniyatli odamlardek munosabatda bo`lishimiz lozim.

“Qanday madaniyat ekan u, — o`yladi Nodira ayolga tikilib. — Farzandini go`dakligida birovlarning qo`liga tashlab ketib, katta bo`lgandan keyin qaytib kelib “meni quchoq ochib kutib olinglar” deb iddao qilinsa?”

  • Men majlisga borishim kerak, — o`rnidan turdi Nodira dilidagi tiliga chiqarmaslik uchun zo`rg`a o`zini bosib.
  • Men... men, shuncha yo`l bosib seni ko`rish uchun kelsamu, sen...
  • Uyimni qanday topdingiz? — tushunmadi u ayolni uyga taklif qilish-qilmaslikni bilmay.
  • Istagan odam topadi.
  • Shuni bolaligimda istaganingizda edi.
  • Meni hamma narsam bor, faqat bolam yo`q, — shoshib gapira boshladi ayol. Ertalabki dimog`dorligidan asar ham qolmagandi. — Keksayganda yolg`iz yashash qiyin ekan. Istasang, bola-chaqang bilan menikiga ko`chib o`tishing mumkin. Hovlim katta, hamma narsam seniki bo`ladi...
  • Kimsan? Men seni tanimayman? — siltab tashladi uni ayol.
  • Men qizingizman, oyijon.
  • Meni hech kimga xafa qildirib qo`ymaysanmi? — ayol ostonada turgan olifta mehmonga xavotirlanib qarab qo`ydi.
  • Hech qachon, — ovutdi uni Nodira va mehr bilan bag`riga bosdi. Keyin aravachani haydab boshqa xonaga qo`yib qaytib chiqdi.
  • Kechirasiz, — dedi u hali ham ostonada turgan ayolga. — Har zamonda oyimning xotirasi faromush bo`lib turadi... Ko`rib turganingizdek oyimga hech qachon xafa qilmayman deb va`da berib qo`yganman, — dedi u. Uning gap ohangidan qat`iy qarorga kelgani bilib turardi.

Bu kabi “andishasizlik”ni kutmagan ayol dovdirab qoldi.

Nodira shoshib turganini bildirish uchun stolidagi narsalarini yig`ishtira boshladi.

Ish va tashvishlardan charchab uyiga kelgan Nodira o`zini kresloga tashladi. Ko`nglidagi dog` yana butun tanasini o`rtay boshladi.

Nodira uch-to`rt yashar qizaloq bo`lgan paytini g`ira-shira eslaydi. Onasi doim qog`ozlarga botib o`tirar, ishdan kech qaytgan dadasi onasi bilan janjallashardi. “Ro`zg`orga qaramaysan, bitta bolani eplolmaganing uchun har kuni kasal, kirni o`zim yuvsam, ovqatni o`zim qilsam, sening nima keraging bor menga?” deb baqirar, onasi ham jim o`tirmas “men ilmiy ish qilishim kerak, qozon-tovoqqa o`ralashib o`tiradigan ayol emasman!” deb javob berardi. Ular janjallashishar lekin kresloda g`ujanak bo`lib bosh barmog`ini so`rgancha uxlab qolgan Nodiraga ikkalasi ham e`tibor bermasdi. Nodira besh yoshga kirganda onasi ketdi. “Ilmiy rahbarimga vaziyatni tushuntirib, bir haftaga qolmay qaytaman” deb ketgancha qaytib kelmadi. Keyinchalik bilishsa, onasi butunlay ketish uchun tayyorgarlik ko`rgan ekan.

Shundan keyin Nodiraning kirmagan eshigi qolmadi, goh ammasinikida, goh xolasinikida, goh bir buvisinikida, goh ikkinchisinikida... Ba`zida begonalarnikida ham qolib ketgan. Bir gal ammasi uni xolasinikiga olib borgan. Lekin xolasi uyda yo`qligi uchun qo`shninikiga tashlab ketgan. O`shanda xolasi boshqa shaharda yashaydigan qaynonasinikidan qaytib kelguncha Nodira uning qo`shnisinikida yashab turgan. Mehmondan qaytib kelgan xolasi qo`shni bolalar bilan o`ynab yurgan jiyanini ko`rib anqayib qolgandi.

Shu voqeadan keyin qarindoshlar dadasini o`rtaga olib uylanmasang bo`lmaydi deb shart qo`yishgandi.

Birinchi o`gay onasi uni ovqat bermay qiynaganlarini eslasa hali xo`rligi keladi. Kundan kunga ozib-to`zib ketayotgan qizining tanasidagi kaltak izlarini ko`rgan dadasi xotinidan shubhalanib uni kuzatmasa va sovuq suvga to`ldirilgan vannada cho`miltirayotgan paytda ushlab olmasa, Nodira bolaligidayoq o`lib ketishi hech gap emasdi.

Nodira etti yoshga kirganda dadasi uyga yana bir ayolni etaklab kelganda Nodira qo`rqqanidan karavotning tagiga kirib yashirinib olgandi.

— Kimsiz? Men sizni tanimayman! — siltab tashladi uni Nodira.

— Endi men sening oying bo`laman, ishon, seni hech kimga xafa qildirib qo`ymayman, — sochlari patila, egni-boshi kir qizaloqni bag`riga bosgan ayol anchagacha ko`z yoshlarini tiya olmadi

— Hech kim yig`latmaydimi meni? — ayolning gapiga ishongisi kelmay ko`zlarini pirpiratdi Nodira.

— Hech kim va hech qachon! — va`da berdi ayol.

Nodira ishonqiramay ayolning bo`ynidan quchoqladi.

Lekin qo`ldan qo`lga o`taverib yovvoyiga aylanayozgan qizaloqni songa solish oson bo`lmadi.

Maktabga tengdoshlaridan kech borgan Nodira o`qishni oltin medal bilan bitirishida, musiqa maktabini imtiyozli tugatishida, tibbiyot institutiga o`z bilimi bilan kirishida oyisining hissasi beqiyos bo`ldi. Lekin o`tgan yili dadasining vafot etgach, oyisi betoblanib qoldi. Xayoli tez-tez parishon bo`lib turadigan mushtipar oyisini o`ylab Nodiraning ko`zi yoshlandi.

Eshik qo`ng`irog`ining qattiq jiringlagani xayollarini tumandek tarqatib yubordi.Ostonada turgan ayolni ko`rib esa kalovlanib qoldi.

Nodira unga qarab xo`rsindi.

Shu mahal orqadan shiqirlagan tovush eshitildi.

— Oyijon, — Nodira nogironlar aravachasida o`tirgan sochlari oppoq, nuroniy ayol tomon shoshildi.

Mehmonning qoshlari chimirildi, bu muomalani o`zi uchun haqorat deb bilganidan keskin o`girilib ketvordi.

“Bir og`iz mensiz qiynalmadingmi, qizim” deb so`ramadi-ya, o`yladi Nodira va onasining ortidan eshikni yopdi.

Dilfuza SOBIROVA

Шарҳлар