my5

Pele “JCh-2014”ga qur`a tashlashda qatnashishdan voz kechdi

Sport 06.12.2013, 11:22
1774
Pele “JCh-2014”ga qur`a tashlashda qatnashishdan voz kechdi
Futbol bo`yicha uch karra jahon chempioni Pele Braziliyada 2014 yilda bo`lib o`tadigan jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimida qatnashishdan bosh tortdi.

Mashhur futbolchi qur`a tashlash jarayonida Braziliya terma jamoasi uchun noqulay bo`lgan raqiblarni tanlashi mumkinligi bois shunday qaror kelgan, deb yozadi “The Daily Mail” nashri.

Aytish joizki, qur`a tashlash marosimida Peledan mamlakatni taqdim etishni Braziliya prezidenti Dilma Russeff so`ragan. Mashhur futbolchi bundan oldin ham jahon chemponatlarida qur`a tashlash marosimida qatnashgan, ammo bu safar uni rad etishga qaror qilgan. Shunga qaramasdan, sobiq futbolchi marosimning o`ziga keladi va uning tantanali qismida qatnashadi.

Eslatib o`tamiz, jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimi 6 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da bo`lib o`tadi. Marosim davomida turnirning 32 ta ishtirokchi jamoasi
sakkizta guruhga (har birida to`rttadan) taqsimlanadi. 

Шарҳлар