my5

Futbol bo`yicha jahon chempioni $35 mln. oladi

Sport 07.12.2013, 12:42
2304
Futbol bo`yicha  jahon chempioni $35 mln. oladi
2014 yil Braziliyadabo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati finalida g`olib chiqqan jamoa Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)dan 35 million dollar oladi.

FIFA bosh kotibi Jerom Valke turnir finalisti 25 million dollar bilan mukofotlanishini bildirdi. Shuningdek, uchinchi o`rin - 22 million, to`rtinchi o`rin - 20 million bilan taqdirlanadi. Beshinchi-sakkizinchi o`rinlarni egallagan jamoalarga 14 milliondan beriladi, 9-16 o`rinlarga – 9 million dollar, 17-32 o`rinlarga 8 million dollar taqdim etiladi, deya xabar beradi “R-sport”.   

Aytish joizki, mukofot pullarining umumiy miqdori “JCh-2010”ga qaraganda 37% ga ortib, qariyb 576 million dollarni tashkil etdi. Ispaniya terma jamoasi JARda bo`lib o`tgan “JCh-2010”da 30 million dollar olgandi.

Qayd etib o`tamiz, Braziliyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionati kelasi yil 12 iyundan 13iyulga qadar bo`lib o`tadi. 

Шарҳлар