my5

“Real” Suares uchun 72 million evro berishga tayyor

Sport 07.12.2013, 16:00
1892
“Real” Suares uchun 72 million evro berishga tayyor
Qishki transfer davrida “Real” urugvaylik forvard Luis Suares uchun “Liverpul”ga 72 million evro taklif qilish niyatida.

“Goal.com”ning ta`kidlashicha, “Real” Suaresni qishki transfer davrida sotib olishga urinib ko`radi, biroq klub bu masalaga kelasi yil yozda qaytishi ham mumkin. Mazkur manba tarqatgan xabarga ko`ra, “Liverpul” Suaresni ingliz Premer-ligasida o`ynovchi klubga qo`yib yuborish niyati yo`q, biroq mamlakat tashqarisidan tushadigan takliflarni ko`rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Suares Premer-ligada to`qqizta o`yinni o`tkazib, ularda 13 ta gol urgan.

Шарҳлар