my5
Sevimli

​«HARBIY VATANPARVARLIK» MAVZUSIDAGI ASARLARGA IJTIMOIY BUYuRTMALAR LOYIHASI E`LON QILINDI

Madaniyat 14.10.2017, 18:51
​«HARBIY  VATANPARVARLIK» MAVZUSIDAGI ASARLARGA IJTIMOIY BUYuRTMALAR LOYIHASI E`LON QILINDI

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi yurtimizning boy harbiy san`ati tarixi, buyuk sarkarda ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Bobur Mirzolarning tengsiz harbiy jasorati, mardlik va vatanparvarlik bobidagi ibratli hayoti, jumladan Vatanimiz mustaqilligi yo`lida qurbon bo`lgan harbiy xizmatchilarning xotirasini abadiylashtirish, ayni kunda harbiy sohada jonbozlik ko`rsatib, fidoyilarcha xizmat qilayotgan, o`zining mas`uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o`g`lonlarimiz – askar va zobitlar, barcha Vatan posbonlarining badiiy mukammal obrazlari yaratilishiga hissa qo`shish, bugungi harbiy islohotlarni aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng yoritish, shuningdek, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, xususan yosh ijodkorlarni ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash maqsadida «Harbiy - Vatanparvarlik» mavzuida badiiy va ijtimoiy-siyosiy asarlar yaratish bo`yicha ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e`lon qildi.

Ijtimoiy buyurtmalar loyihasining tashkiliy va ijodiy jihatlari yuzasidan Agentlik tizimidagi nashriyotlarga bevosita murojaat qilish hamda ular bilan oldindan shartnoma tuzish tartibida loyihani bajarishga kirishish mumkin, deb xabar beradi Agentlik matbuot xizmati.

Шарҳлар