my5
Sevimli

​O`ZBEKISTON FUTBOL FEDERASIYaSI QATAR FUTBOL UYuShMASI BILAN MEMORANDUM IMZOLADI

Sport 18.10.2017, 14:38
Теглар: Futbol, O`zbekiston futbol federasiyasi
​O`ZBEKISTON FUTBOL FEDERASIYaSI QATAR FUTBOL UYuShMASI BILAN MEMORANDUM IMZOLADI

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko`ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Qatarda bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida tomonlar O`zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O`zbekiston va Qatar federasiyalari o`rtasidagi o`zaro tajriba almashinuvini yo`lga qo`yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo`yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo`lga qo`yish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Shayx Hamad bin Halifa O`zbekiston Futbol Federasiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to`g`risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federasiyaning turli toifadagi jamoalariga o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o`quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlarsport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo`yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Bu memorandum va kelishuvdan juda ko`p narsa kutyapman”, - deydi Umid Ahmadjonov O`FF matbuot xizmatiga. “Chunki, memorandum faqatgina futbol o`yinida ishtirok etadigan mutaxassislar bilan bog`liq emas. Bu kelishuv futbol boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadigan boshqaruv apparatiga ham bevosita taalluqlidir. Zero, ushbu memorandum O`zbekiston Futbol Federasiyasi xodimlariga menejment, marketing va reklama faoliyati, sport tibbiyoti, futbolda jismoniy tayyorgarlik va texnikaviy yo`nalishni aniqlab olish, ta`lim va tadqiqotlar kabi sohalarda Qatarda o`qish va malaka oshirish imkoniyatini yaratib beradi. Bu esa bizga kadrlar bilan bog`liq masalalarni ijobiy hal qilish imkonini beradi”.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O`FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.

Шарҳлар

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...