AsosiyJinoyat

​XONQADA 18 YoShAR YIGIT AMAKISINING QIZINI QOTILIGA AYLANDI

'​XONQADA 18 YoShAR YIGIT AMAKISINING QIZINI QOTILIGA AYLANDI'ning rasmi

Xonqa tumanida sodir bo`lgan ushbu mash`um voqea eshitgan-ko`rganni qalbini larzaga keltirdi...

Xonqa tumanida yashovchi, 1970 yilda tug`ilgan X.D. qizi, 1999 yilda tug`ilgan, kasb-xunar kolleji talabasi Yu.D. 2017 yil 12 oktyabr kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmaganligi sababli uni topishda yordam berishlarini so`rab, tuman prokuraturasiga qilgan murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Qidiruv-surishtiruv ishlari tezkor xodimlarni arizachining ukasining uyi tomon etakladi. Uy va uning yordamchi xonalarini ko`zdan kechirgan tezkor xodimlar uy polining tagidan bo`yin qismidan bug`ib o`ldirilgan Yu.D.ning jasadini topishdi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida, ushbu qiz amakisining uyiga suv olish uchun kelganida, amakisining o`g`li, o`zi bilan bir kollejda tahsil oluvchi, 1999 yilda tug`ilgan Yu.J. uyda boshqa hech kim yo`qligidan foydalanib, o`z amakisining qizini nomusiga tegish maqsadida tashlanganida, qiz unga qarshilik ko`rsatib, uning jirkanch ishini barchaga ma`lum qilib, sharmanda qilishini aytib, yordam so`rab baqirganligi sababli, o`zining kirdikorini yashirish maqsadida qizni bo`ynidan bug`ib o`ldirib, jasadini polning tagiga yashirganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.


    Boshqa yangiliklar