my5
Sevimli

​MADANIYaT VAZIRI XALQARO TANLOVLARNING SAVIYaSI PASAYIB KETGANINI TANQID QILDI

Madaniyat 19.10.2017, 10:44
​MADANIYaT VAZIRI XALQARO TANLOVLARNING SAVIYaSI PASAYIB KETGANINI TANQID QILDI

17 oktyabr kuni O`zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida BMT ning Yoshlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish borasidagi taklifi yuzasidan Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi muassasalar oldida turgan dolzarb vazifalarga bag`ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligiAxborot xixmati.

Mazkur tadbirga adabiyot, jurnalistika, tasviriy va amaliy san`at, kompozitorlik va bastakorlik, kino va teatr, mumtoz qo`shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera, raqs, cholg`u ijrochiligi sohalarida mehnat va ijod qilayotgan, ta`lim olayotgan 31 yoshgacha bo`lgan ijodkorlar va soha vakillari jalb etildi.

Seminarda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda madaniyat va san`at muassasalaridan unumli va samarali foydalanish imkoniyatlari”, O.Ibrohimov “Yoshlar va maqom san`ati”, A.Haydarov “Milliy estrada san`ati: dahldorlik va mas`uliyat”, D.Kattaxonova “Uyushmagan yoshlarni madaniyat va san`at vositasida maqsadli uyushtirish”, G.Xoliqulova “Yoshlarga oid davlat siyosati:madaniyat va san`at sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” kabi mavzularda o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ma`ruzalardan so`ng savol-javoblarga o`tildi. Yig`ilganlar teatrga yoshlarni jalb qilish, san`atkorlarning kiyinish madaniyatini shakllantirish, musiqa san`atiga oid adabiyotlarni o`zbek tilida chop etish, teatr repertuarlaridan ariyalarni tadbirlarda ijro etish, sirk san`atini rivojlantirish bo`yicha turli takliflar bilan chiqib, B.Sayfullaevdan javoblar oldilar. Xususan, xalqaro tanlovlarning bugungi kundagi masalasiga alohida to`xtalib o`tildi. B.Sayfullaev tanlovlarning saviyasi pasayib, tijorat manbasiga aylanib borayotgani, shu kabi tanlovlarda laureat bo`lgan yoshlar o`qishga imtiyozli qabul qilinib, ta`lim jarayonida buni oqlay olmayotganini ta`kidlab, har bir tanlovni alohida ko`rib chiqib, talabga javob bermaydiganlarida ishtirok etishni to`xtatish lozimligini ma`lum qildilar.

Шарҳлар