AsosiyJinoyat

TOShKENTDA JANUBIY KOREYa FUQAROSIGA NISBATAN BOSQINChILIK JINOYaTI SODIR ETILDI

'TOShKENTDA JANUBIY KOREYa FUQAROSIGA NISBATAN BOSQINChILIK JINOYaTI SODIR ETILDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Janubiy Koreya fuqarosiga nisbatan bosqinchilik sodir etgan shaxsni qo`lga oldi.

2017 yilning 17 oktyabr kuni taxminan soat 23:40larda, Xasanov Zuxriddin Nizomiddin o`g`li, bosqinchilik yo`li bilan o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida, Janubiy Koreya fuqarosi Min Chung Yon.ga hujum qilib, uning sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, ikki dona “Samsung” rusumli uyali telefonlari, fuqarolik pasporti hamda 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya`ni o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning har qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

    Boshqa yangiliklar