my5
Sevimli

​"O`ZBEKKONSERT" RAHBARIYaTI O`ZGARDI

Madaniyat 23.10.2017, 13:22
​"O`ZBEKKONSERT" RAHBARIYaTI O`ZGARDI

Joriy yilning 23 oktyabridan “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi etib, ushbu muassasaning “Konsert tomosha faoliyatini lisenziyalash” bo`limi boshlig`i Odil Abdug`anievich Abduqahhorov tayinlandi. Shu vaqtga qadar vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi sifatida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun mazkur masala yuzasidan bo`lgan yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov O.Abduqahhorovni jamoaga tanishtirdi. Yig`ilishda vazirlikning boshqarma boshliqlari A.Djamaldinov, A.Nurmatov hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Шарҳлар