my5
Sevimli

​MADANIYaT VAZIRI QORQALPOG`ISTONDA SAYYoR QABUL TAShKIL QILDI

Madaniyat 24.10.2017, 15:39
​MADANIYaT VAZIRI QORQALPOG`ISTONDA SAYYoR QABUL TAShKIL QILDI

Joriy yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev tomonidan 2017 yil davomida hududlar kesimida tashkil etilgan sayyor qabuli jadvali asosida sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida bir guruh san`at va madaniyat vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda, 80 yoshni qarshilayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston san`at arbobi, 4ta opera va 2ta balet sahnalashtirgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi Najmiddin Muxammedinovga madaniyat vaziri O`zbekiston davlat konservatoriyasida uning nomiga bag`ishlangan ijodiy kecha, konsert va A.Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat Akademik katta teatrida “Berdaq” spektakli namoyishini tashkil etishda amaliy yordam berish hamda

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ayimxan Shamuratovaning qizi Aymgul Shamuratova ota-onasi xotirasiga bag`ishlangan uy muzeyiga va “Ayimxan Nafasi” nomli xavaskor ansambliga Xalq ansambli unvonini olib berish taklifini berdi. B.Sayfullaev Ayimxan Shamuratova xotirasining 100 yilligiga bag`ishlab O`zbekiston davlat san`at va madaniyat Institutida xotira kechasi va “Teatr” jurnalida ular to`g`risidagi katta maqola chop etilishi, “Ayimxan Nafasi” nomli ansamblga imkon qadar xalq ansambli maqomini olib berilishi bo`yicha choralar ko`rilishi belgiladi.

I. V. Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyi direktori tomonidan bildirilgan fikr - muzeyda san`at yodgorliklarini tiklovchi mutaxassis xodimlar malakasi etishmayotganligi yuzasidan vazir bir qator yosh tiklovchi mutaxassislarni Badiiy Umumrossiya A.V. Grabarya nomidagi markazga malakasini oshirish va moliyaviy jihatini vazirlik nomidan qoplanishini aytib o`tdi.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Nukus filiali bitiruvchisi Palvanova Gulmira o`z salohiyati va ilmiy ish qilish orzusi borligini, ammo Nukus filialida san`at nazariyasi va tarixi yo`nalishida magistratura mutaxassisligi yo`qligi va uni ochib berish taklifini berdi, biroq vazir ushbu taklifni qo`llab-quvvatlagan xolda, bakalavr bitiruvchisiga O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida magistr mutaxassisligida o`qish, barcha kamchilik va muammolarni ijobiy hal etishda ko`mak berilishini ta`kidladi.

Qoraqalpog`iston yosh tomoshabinlar teatrining bir qator kamchilik va muammolari xal etildi.

Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat akademik musiqali teatri direktori teatrning "akademik" unvoniga ega bo`lganidan so`ng teatrga musiqa asboblari etishmasligini aytdi, vazir unga javoban, truba, trambon, dirijyorlik pulti, fleyta, kontrabass, skripka va boshqa asboblar bilan ta`minlanishida ko`mak berilishini ta`kidladi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida sohadagi bir qator muammo va kamchiliklar yuzasidan muhokama va uchrashuvlar olib borildi.

Шарҳлар