my5
Sevimli

​MADANIYaT VAZIRI QORAQALPOG`ISTONDA 24 NAFAR RAHBARNI IShDAN BO`ShATDI

Madaniyat 24.10.2017, 15:44
​MADANIYaT VAZIRI QORAQALPOG`ISTONDA 24 NAFAR RAHBARNI IShDAN BO`ShATDI

Joriy yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi "O`zbekistonda madaniyat va san`at sohasini yanada rivoshlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ 3022-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.MirziyoevningO`zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan 2017 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishi bayoni ijrosi yuzasidan Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqaliteatrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, tizim tashkilotlar rahbarlari, jumladan, madaniyat va aholi dam olish markazlari, ta`lim muassasalari raxbarlari bilan yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda sohada mavjud kamchiliklar, qilinishi lozim bo`lgan vazifalar, kelajakdagi ish rejalar bo`yicha fikr mulohazalar yuritildi. Qorakalpog`iston Respublikasida teatr, muzey, Ayqulash,Amuto`lqun, Gulzar ansambillarini yaangilash, madaniyat va istirohat bog`lari, madaniyat tizimining barcha tashkilotlari faoliyati atroflicha tahlil va tanqid qilindi. Vazir tomonidan ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan, vazifalarni to`liq bajara olmayotgan xodimlar va rahbar kadrlar lavozimidan ozod etildi, ko`pgina tashkilot vakillariga qat`iy ogohlantirish berildi. Xususan, vazirlik kesimida 3 nafar xodim, tizim tashkilotlaridan 11 ta rahbar xodim, shulardan, badiiy ekspertizaning rahbari, ta`lim muassasalaridan 4 nafar direktorlari, madaniyat va aholi dam olish markazlaridan 6 nafar rahbarlari o`z vazifasidan ozod etildi.

Madaniyat va san`at sohasida jonbozlik ko`rsatgan xodimlar esa vazirlik tomonidan so`nggi rusumdagi qimmatbaho texnika vositalari sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Шарҳлар