Sevimli

​DAVLAT AYBLOVChISI SUDDA TO`LAGANOV ISLOMGA QANChA MUDDAT SO`RADI?

Jinoyat 24.10.2017, 16:15
Теглар: ​Jasurbek Ibroximov
​DAVLAT AYBLOVChISI SUDDA TO`LAGANOV ISLOMGA QANChA MUDDAT SO`RADI?

Bugun Toshkent shahar Mirobod tumani Jinoyat ishlari bo`yicha sudi Borovskiy kollejining marhum talabasi Jasurbek Ibrohimov bo`yicha majlisni davom ettirdi. Unda Davlat ayblovchisi Akromov Baxtiyorning sudlanuvchi To`laganov Islombekka nisbatan qanday jazo qo`llanilishi to`g`risidagi qarorini eshitdi.

Davlat ayblovchisi Akromov Baxtiyor so`zlaridan:

“Davlatimizning bosh vazifalaridan biri inson haqida g`amxo`rlik qilishdir. Binobarin O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson omili, uning shaxsiy huquq va erkinliklari qat`iy mustahkamlanib qo`yilgan. Chunonchi, Konstitusiyamizning 18-moddasida O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar qonun oldida tengligi qayd etilgan bo`lsa, 19-moddada Fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari dahlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emasligi belgilangan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida esa insonning yashash huquqi va qadr-qimmati, ozodligi va xavfsizligi sha`ni va obro`yini himoya qilish kabi huquqlari mustahkamlangan. Ushbu xalqaro huquqiy me`yorlar O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ham asosiy negizini tashkil qiladi. Shuni ta`kidlash joizki, shaxsning huquq va erkinliklari sud-huquq sohalarining me`yorlari bilan himoya qilinadi. Insonning hayoti va sog`ligi shaxsning bebaho boyligi sanaladi va uning bu boyliklardan mahrum etilishi yoki ularga shikast etkazilishi shaxs uchun katta fojea hisoblanadi. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo`lib, unga tajovuz qilish eng og`ir jinoyat hisoblanadi. Qasddan badanga og`ir shikast etkazish, buning oqibatida jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`luvchi og`ir jinoyat bo`lib, unga qarshi kurash olib borish huquq tartibot organlarining asosiy vazifasi sanaladi. Inson hayoti va fuqarolarning yashash huquqlariga qaratilgan izchil sa`yo-harkatlarga qaramasdan ayrim kimsalar insonlarning yashash huquqiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etmoqdalar. Ana shunday shaxslardan biri temir panjara ortida o`tirgan sudlanuvchi To`laganovdir. Bugun biz To`laganovga nisbatan bo`lgan jinoyat ishini ko`rib chiqib, yakunlash arafasida turibmiz. Jinoyat ishi hujjatlariga ko`ra, To`laganov o`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida Ibrohimovning bosh qorin va hayot uchun muhim boshqa sohalariga qo`l va oyog`i bilan urib, hayot uchun xavfli bo`lgan ko`plab jarohatlar etkazgan. Sud majlisida Islom To`laganov unga e`lon qilingan ayblovga iqror emasligini qayd etib o`tgan bo`lsada, uning aybi jabrlanuvchi va guvohlarning bergan ko`rsatmalari, shifoxonalarda jabrlanuvchi Ibrohimov nomiga yuritilgan kasallik tarixi hujjatlari, sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosali, Alieva tomonidan taqdim etilgan jinoyat ishi bo`yicha ashyoviy dalillar, komissiyaviy sudga oid tibbiyot sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasi, sudga oid biologik ekspertiza xulosasi, tibbiy ma`lumotlar va boshqa hujjatlar bilan to`liq o`z tasdig`ini topgan. Dastlabki tergov organlari tomonidanTo`laganovning aybi O`zR Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi “D” bandi bilan to`g`ri malakalanib, baho berilgan. Unga nisbatan jazo tayinlashda uning shaxsini sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, jazoni og`irlashtiruvchi va engillashtiruvchi holatlarni inobatga olish lozim bo`ladi.”

Davlat ayblovchisi sudlanuvchi Islombek To`laganovni O`zR Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi “D” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, O`zR Jinoyat Kodeksining 85-moddasiga asosan unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni, ushbu jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o`tashni belgilashni so`radi.

Mazkur sud ishi 26 oktyabr kuni o`z ishida davom etadi. Unda tomonlarning advokatlarining muzokaralari bo`lib o`tadi.

Шарҳлар

​SUD MARHUM JASURBEK IBROHIMOVNING YaQIN DO`STINING KO`RSATMASINI TINGLADI

13.10.2017, 12:12

Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudida guvoh, Jasurning yaqin do`sti Firdavs Farhodzodaning ko`rsatmalarini tingladi. Firdavs 2 may kuni Islom Jasurni hammani oldida mashara...
​2-BOLALAR ShIFOXONASI HAMShIRASI JASURDAN EShITGANLARINI SUDGA AYTIB BERDI

13.10.2017, 11:17

Toshkent shahar Mirobod tumani Jinoyat ishlari bo`yicha sudda P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimov o`limi yuzasidan olib borilgan navbatdagi sud ishida ayblov tarafi...
​SUD TIBBIY EKSPERTI JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA O`Z XULOSALARINI AYTDI

11.10.2017, 12:37

Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudida P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o`limi yuzasidan ko`rilayotgan navbatdagi sud majlisida Sog`liqni saqlash vazirligi Sud...
​P.F.BOROVSKIY TALABASI JASURBEK IBROHIMOVNING O`LIMI YuZASIDAN SUD ShIFOKORLARNING KO`RSATMALARINI TINGLADI

07.10.2017, 14:41

6 oktyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudda P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o`limi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi....