Му5
44

​BMT 25 YIL DAVOMIDA O`ZBEKISTONGA KO`RSATGAN MOLIYaVIY KO`MAGI MIQDORI MA`LUM BO`LDI

Jamiyat 25.10.2017, 14:43
Теглар: BMT, O`zbekiston
3119
​BMT 25 YIL DAVOMIDA O`ZBEKISTONGA KO`RSATGAN MOLIYaVIY KO`MAGI MIQDORI MA`LUM BO`LDI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil topgan kun butun dunyoda 1948 yildan buyon nishonlanadi. Joriy yil ayni paytda O`zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`lganligining 25 yilligi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda O`zbekiston bilan BMT o`rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunga bag`ishlangan barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik masalalari bo`yicha bo`lib o`tgan sessiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekiston Respublikasidagi Doimiy vakili Xelena Freyzer O`zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Dasturiga ko`maklashish borasida to`xtalib o`tdi.

Xelena FREYZER:

"BMTning O`zbekistondagi tizimi mamlakat tomonidan o`z oldiga qo`yilgan ahamiyatli vazifalarga erishish borasida yordam ko`rsatmoqda. Biz 1993 yildan buyon hukumatni milliy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish borasida qo`llab-quvvatlamoqdamiz. Hozirgi paytda biz O`zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi BMT agentliklari o`rtasida barqaror rivojlanish sohasidagi global kun tartibivahukumatning Harakatlar Dasturi doirasida amalga oshirilayotgan yaqin hamkorlikni qayd etishdan mamnunmiz."

Tadbirda ta`kidlanganidek, Barqaror Rivojlanish maqsadlari respublika uchun alohida ahamiyatga ega, zero BMT tarixida ilk bor umumqamrovli global maslahatlashuv jarayonida 2030 yilgacha rivojlanish borasida yagona nuqtai nazar ishlab chiqildi. Ushbu kun tartibi BMT ning 193 ta a`zo davlatlari tomonidan tasdiqlandi va shu tarzda 2030 yilgacha dunyoga nisbatan umumiy nuqtai nazarni ifodalaydi.

Shuningdek, qayd etilgan ma`lumotlarga ko`ra, 1992 yildan boshlab BMT O`zbekistonga ko`rsatgan moliyaviy ko`magi qariyb 471 million AQSh dollariga teng bo`ldi. Ushbu moliyaviy yordam O`zbekistonni rivojlantirish maqsadida boshqa davlatlarning ilg`or tajribasini ommalashtirishda ifodalandi.

Шарҳлар

60 mingdan ortiq buxorolik Moskvada vaqtinchalik mehnat qilmoqda

12.11.2019, 22:54

Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyatida O`zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida...
O`zbekistonga G`arbiy Qozog`iston hududidan sovuq havo oqimi kirdi

11.11.2019, 11:24

Kecha O`zbekistonga G`arbiy Qozog`iston hududidan sovuq havo oqimi kirdi. Mamlakatimiz shimolida harorat 7-10 daraja pasayib, 9-14 daraja iliq atrofida bo`ldi, deya xabar beradi "O`zgidromet".Bugun antisiklon butun...
O`zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

08.11.2019, 13:36

Rossiyada Xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilgan to`rt nafar O`zbekiston va Tojikiston fuqarolariga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi ma`lum qilgan.Ular Rossiya federasiyasi Jinoyat kodeksining...
Tojikiston IIV: chegara postiga hujum qilganlarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan

07.11.2019, 16:18

Tojikiston-O`zbekiston chegarasidagi Ishxobod chegara postiga hujum qilgan jangarilarning hammasi Tojikiston fuqarolari bo`lgan, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibiga tayangan holda.“Hozirda Bosh prokuratura ushbu...