my5
Sevimli

TEZ KUNLARDA KUZNING ENG KO`P KUTILGAN HAFTALIGI START OLADI!

Madaniyat 25.10.2017, 22:25
TEZ KUNLARDA KUZNING ENG KO`P KUTILGAN HAFTALIGI START OLADI!

14-19 noyabr kunlari Toshkentda kuzning eng ko`p kutilgan "Toshkent moda haftaligi-2017" ("Tashkent Fashion Week 2017") bo`lib o`tadi.

Olti kun davom etadigan festival davomida "Milliy liboslar", "Toshkent dizayn taqdimotlari" ("Tashkent Fashion Performance") kabi ko`pgina unutilmas tadbirlar, yosh dizaynerlar o`rtasida #beyoung tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning mualliflik ishlari taqdim etiladi va ular tomonidan master-klasslar o`tkaziladi. Shu bilan birga, o`zbek matolari va amaliy san`at ob`ektlari ko`rgazmasi rejalashtirilgan.

Festival doirasida birinchi marta O`zbekistonning bir guruh dizaynerlari tomonidan "Buxoro Brilliant Silk" qo`shma korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan ipak matodan ishlangan turli assortimentdagi kiyimlarning zamonaviy modellari to`plamlari taqdim etiladi.

Italiya elchixonasi bilan hamkorlikda festival doirasida O`zbekistonda birinchi marta "Italyan modasiga 60 yil" nomli ko`rgazma bo`lib o`tadi.

Italiya modalari ko`rgazmasida esa siz Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni, Versace va boshqa xalqaro brendlarning kolleksiyalari bilan tanishish imkoniga ega bo`lasiz.

«Tashkent Fashion Week» doirasida esa Italiya moda kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, unda siz Antonio Grimaldi, Fulvio Luparia kabi brendlar va yana to`rt nafar Turin moda haftalaigi ishtirokchilarining ishlari bilan tanishasiz.

«Tashkent Fashion Week» festivalining mehmonlari qatorida tashrif buyurayotgan Fransiya, Janubiy Koreya va Qirg`iziston dizaynerlari ham o`z kolleksiyalarini namoyish etishadi.

Moda haftaligida jami 850 ta to`plam liboslarni namoyish etish rejalashtirilgan.

Toshkent moda haftaligining asosiy tashkilotchisi «Osiyo Ramzi» O`zbekiston dizaynerlari Assosiyaasiyasidir. Tadbir shuningdek, "O`zbeksanoat" assosiasiyasi, "O`zbekiston havo yo`llari" MAK va O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda.

Шарҳлар