Sevimli

AVTOBUSDAN 23 MILLION SO`MDAN ZIYoD PUL O`G`RILANDI

Jinoyat 26.10.2017, 20:15
AVTOBUSDAN 23 MILLION SO`MDAN ZIYoD PUL O`G`RILANDI

2017 yilning 22 oktyabr kuni taxminan soat 19:30larda, muqaddam sudlangan Narzullaev Laziz Narzullaevich, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumanida joylashgan «Abu-Saxiy» avtoshoxbekatida, fuqaro Burxanov Nurmat Mansurovichning boshqaruvida bo`lgan "Mercedes benz 0202D" rusumli avtobus qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, mazkur avtobusning eshigini ochib, uning ichidan 23.312.000 so`m miqdoridagi pullarni o`g`irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o`g`irlik, ya`ni ancha miqdorda, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati.

Шарҳлар