my5
Sevimli

ISPANIYaDA “SEA SUN” XALQARO MUSIQA TANLOVIDA NAMANGANLIK O`QUVChILARNI G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRIDILAR

Madaniyat 26.10.2017, 20:23
ISPANIYaDA “SEA SUN” XALQARO MUSIQA TANLOVIDA NAMANGANLIK O`QUVChILARNI G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRIDILAR


“Sea sun” xalqaro musiqa tanlovi g`oliblari Joriy yil sentyabr oyida Ispaniyada o`tkazilgan “Sea sun” xalqaro musiqa tanlovida namanganlik yoshlar g`olib va sovrindorlar safidan joy oldi, deb yozadi O`zA.

Tanlovda dunyoning 12 davlatidan 600 dan ziyod yosh iste`dod sohibi qatnashdi. Hakamlar o`zbekistonlik yosh ijrochilar mahoratiga yuksak baho berdi. Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchilari Shirina Nabieva va Gulshoda Halimjonova fortepyano ijrochiligi yo`nalishida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ushbu maktabning yana bir o`quvchisi Ahrormirzo Rahmonov skripkada ijro etgan dilbar kuylari bilan ikkinchi o`rinni egalladi. Yangiqo`rg`on tumanidagi 17-bolalar musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchisi Muhriddin Akromov zarbli cholg`ular ijrochiligi yo`nalishida ikkinchi o`ringa munosib ko`rildi.

Шарҳлар