my5
Sevimli

OZODBEK NAZARBEKOV YoSh XONANDALARNING MUOMALA MADANIYaTINI TANQID QILDI

Madaniyat 28.10.2017, 11:28
OZODBEK NAZARBEKOV YoSh XONANDALARNING MUOMALA MADANIYaTINI TANQID QILDI

Bugun, 27 oktyabr kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasida yurtboshimizning 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ziyolilari bilan o`tkazgan videoselektor yig`ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida san`atkorlarning odobi, kiyinish, muomala madaniyatlari mavzularida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov, O`zbekiston Xalq artistlari G`ulomjon Yoqubov, Munojot Yo`lchieva, Nasiba Abdullaeva, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, estrada xonandalari Munisa Rizaeva, Jasur Umirov, Shahlo Ahmedova, Kaniza, Erkin Xudoyqulov, Dilafruz Hayitmetova, Shahriyor, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida san`atkorning sahnaga avvalo faqat tashqi ko`rinish uchun emas, balki ijro etayotgan asariga, tomoshabinlar auditoriyasiga, mentallitetga xos bo`lgan libosda chiqishi maqsadga muvofiq ekanligi ustoz san`atkorlar tomonidan e`tirof etildi. Qolaversa, muomala madaniyati san`atkorning yuzi ekanligi, uning qiyofasini ochuvchi katta kuch ekanligi yana bir bor eslatildi. Chunki san`atkorlarga nisbatan xalqda salbiy munosabat uyg`otuvchi jihatlar aynan yuqoridagi omillarga bog`liqligi sir emas, kimningdir nojo`ya hatti-harakati butun san`at ahliga malomat keltiradi.

Shuningdek, san`atkorlar orasida samimiy do`stlik muhitini shakllantirishda do`stlik klublari, uchrashuvlar tashkil etishning ahamiyati katta ekanligi ta`kidlandi.


Шарҳлар