my5
Sevimli

​“KULTURA” TELEKANALIDA “O`ZBEKISTON: KAShF ETILGAN SINOATLAR” HUJJATLI FILMI BO`LIB O`TDI (VIDEO)

Madaniyat 30.10.2017, 10:58
Теглар: Video
​“KULTURA” TELEKANALIDA “O`ZBEKISTON: KAShF ETILGAN SINOATLAR” HUJJATLI FILMI BO`LIB O`TDI (VIDEO)

2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasining “Kultura” telekanali orqali O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan “O`zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Bir soatlik filmda zamonaviylik ko`p asrlik donishmandlik va an`analar bilan qay tarzda yonma-yon yashab kelayotgani haqida hikoya qilinadi. Hujjatli film mamlakatning qadimiy yodgorliklaridagi noyob bitiklar, boy tarixiy-madaniy merosiga bag`ishlangan bo`lib, shuningdek, unda o`zbekistonlik olimlarning uzoq o`tmishdan bizgacha etib kelgan ana shu maktublarni o`qish va o`rganish bo`yicha uzoq hamda mashaqqatli mehnati haqida ham so`z yuritiladi. Ushbu filmning bosh maqsadi taraqqiyparvar va ma`rifiy islomning tinchlik, hamjihatlik, ilmu irfon dini sifatidagi mazmun-mohiyatini roosiiyalik teletomoshabinlarga etkazishdan iborat. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 72 sesiyasida so`zlagan nutqida ham bu masalaga alohida to`xtalib, jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazish eng muhim vazifa ekanini ta`kidlagan edi.

Har bir epigrafik bitikning mazmun va mohiyati hozirgi kunda ham dolzarb. Ko`p asrlar oldin yaratilgan bitiklar hamjihatlik va barqarorlikka undaydi, mutasssiblik va nafratdan ogoh etadi, O`zbekiston tarixining eng yorqin sahifalari haqida hikoya qiladi.

“O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi rahbari, film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov ushbu bitiklarni o`qish va o`rganishning ahamiyatini alohida qayd etib, quyidagilarga e`tibor qaratdi: “Agar ma`rifatli islom haqida bilishni istashsa, birinchi navbatda, ajdodlarimiz tomonidan O`zbekistonning qadimiy me`morchilik yodgorliklarida qoldirilgan dono pand-nasihatlar, bitiklar bilan tanishishlari zarur”. Film ijodkorlari “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi to`g`risida ham batafsil ma`lumot berishdi.

Ko`pchilik qadimiy obidalardagi sirli bitiklarni shunchaki naqsh deb o`ylashadi, aslida unday emas. Bitiklar haligacha to`liq o`rganilmagan. Aytish mumkinki, yodgorliklarimiz sukut saqlashmoqda. Kitob-albomlar ustida ish olib borgan sharqshunos, xattot, tarxichi olimlar guruhi sabab O`zbekiston me`morchilik obidalaridagi saqlanib qolgan bitiklarni o`qishga musharraf bo`lindi.

200 yil ilgari toshlardagi yozuvlarni o`qishga mo`ljallangan maxsus epigrafika fani yuzaga kelgandi. Tadqiqotning zamonaviy usullari, albatta, olimlar mehnatini ancha osonlashtiradi. Shunday bo`lsa-da, filmda ta`kidlab o`tilganidek, bu uzoq va mashaqqatli mehnat talab qiladi. O`zbekiston hududida yozuv eramizdan oldingi IV asrda paydo bo`lgan. Matnlar toshlarga o`yib yozilgan. Aynan shuning uchun ham ularning ko`pchiligi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Olimlar nafaqat turli davrlarda, balki turli til va harflarda bitilgan bitiklarni o`rganishlariga to`g`ri keldi. Masalan, X asrda “guldor kufiy” deb nomlangan arab harflari mashhur bo`lgan. Uning har bir harfi gul bilan bezatilgan: eng kichkina nuqtasidan tortib, har bir shoxigacha ma`no-mazmun kasb etadi.

“Turli xil mazmunga ega bitiklar o`zlarida juda muhim tarixiy ma`lumotlarni mujassam etgan. Bu ma`lumotlar hech qaysi yozma manbalarda yo`q. Ular faqatgina maishiy hayotning turli jihatlari, deylik, avliyolar yoki shayxlar haqida ma`lumotlarga ega ekanligi uchun emas, balki oddiy xalqning hayoti haqida muayyan tasavvurlari berishi bilan ham qadrlidir. Ularda biz yozma manbalarda uchratmaydigan nodir atamalar uchraydi”, – deydi akademik Edvard Rtveladze.

Filmni tomosha qilgan teletomoshabin hozirgacha dunyoda muqobili yo`q noyob loyiha – “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi haqida to`la bilib olishlari mumkin. Tomoshabinlar dunyodagi qiyosi bo`lmagan “O`zbekiston madaniy merosi” nomli noyob loyiha haqida ham ma`lumotga ega bo`ladilar. Loyihaning maqsadi taqdir taqozosi bilan dunyoning turli nuqtalariga borib qolganO`zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida axborotlarnito`plab va udarni keng ommaga namoyish qilishdan iborat. Shuningdek, film ijodkorlari “Tarixiy obidalardagi bitiklar” loyihasi haqida atroflicha ma`lumot berishgan.

Mazkur film undan avvalroq dunyo yuzini ko`rgan “O`zbekiston qumlar javohiri”, “Vaqt zarralari oralab” singari hujjatli filmlar singari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov prodyuserligida suratga olingan.

Hujjatli filmni suratga olish ishlari Xiva, Samarqand Buxoro singari tarixiy obidalari va durdona bitiklari bilan dovrug` taratgan shaharlarda bo`lib o`tdi. Undan taniqli arxitektor, sharqshunos, tarixchi va xattotlarning, ulamolarning, mamlakatning turli hududlarida yashovchi aholi vakillarining intervyulari, nodir kino va fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallari, muzeylarda saqlanayotgan osori atiqlar bilan tanishish mumkin.


Шарҳлар

Xorazmda sumalak tayyorlayotgan yarim-yalang`och ayollar uzr so`rab chiqdi (video)

23.03.2021, 11:12

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yarim-yalong`och holatda sumalak qilayotgan ayollar videosi tarqaldi.Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning uzr so`rab chiqqani aks etgan video ham paydo...
Farg`onada "damaschilar" va taksichilar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi. Jinoyat ishi qo`zg`atildi (video)

13.02.2021, 15:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi. Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga...
Agar bitta daraxt kesilsa, o`sha kuni ariza yozib ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo`jaev (video)

13.02.2021, 14:40

Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo`yicha tanlov e`lon qilgan edi. Unga ko`ra majmuani barpo etish joyi sifatida...
Samarqandda axloqsiz harakatlar qilgan uch nafar o`quvchi profilaktik hisobga olinib, ota-onalariga chora ko`rildi (video)

10.02.2021, 12:07

7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilari tomonidan nojo`ya so`zlar aytib, kitobni otganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.Xalq ta`limi vazirining nazorat-huquqiy xizmati tomonidan mazkur holat o`rganildi,...