Sevimli

JASURBEK IBROHIMOVNING O`LIMIDA AYBLANGAN ISLOMBEK TO`LAGANOVGA 6 YIL QAMOQ JAZOSI BERILDI

Jinoyat 30.10.2017, 16:12
JASURBEK IBROHIMOVNING O`LIMIDA AYBLANGAN ISLOMBEK TO`LAGANOVGA 6 YIL QAMOQ JAZOSI BERILDI

Bugun, 30 oktyabr kuni Mirobod tumani Jinoyat ishlari sudida Barovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o`limida ayblanuvchi Islombek To`laganovga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o`qib eshittirildi.

Aybdor deb topilgan Islom To`laganovga nisbatan jinoyat sodir etgan paytda voyaga etmaganligini hisobga olinib, umumiy tartibdagi koloniyada 6 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Tomonlar sud Qaroridan norozi bo`lgan taqdirda 10 kun muddat ichida apellyasiya kiritishlari mumkin.

Шарҳлар