my5
Sevimli

"O`ZBEKKINO" HILOL NASIMOV HAQIDA PAYDO BO`LGAN FIKRLAR YuZASIDAN TUShUNChA BERDI

Madaniyat 31.10.2017, 09:57
"O`ZBEKKINO" HILOL NASIMOV HAQIDA PAYDO BO`LGAN FIKRLAR YuZASIDAN TUShUNChA BERDI

Joriy yilning 27 oktyabr kuni “O`zbekfilm” aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tgani va unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolari muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.

Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rilib, Hilol Nasimov boshqa ishga o`tgani munosabati bilan aksionerlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingan edi. Biroq, ushbu ma`lumot ba`zi OAV tomonidan boshqacha talqin qilingani internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida noto`g`ri fikr shakllanishiga sababchi bo`ldi.

“O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi:


— Taniqli kinorejissyor Hilol Nasimovning “O`zbekfilm” kinostudiyasi direktorligidan ozod etildi, degani uning ijoddan butunlay uzoqlashdi, degan ma`noni anglatmaydi. Zero, agentlik Axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda ham “Nasimovning boshqa ishga o`tgani sababli”, deb izoh berilgan. Gap shundaki, H.Nasimovning kinorejissuradagi tajribasi inobatga olinib, uni Davlat buyurtmasi asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan filmlarga jalb qilish va uning salohiyatidan samarali foydalish maqsad qilingan. Jumladan, “O`zbekkino” Milliy agentligi joriy yilning aprel-iyun oylari davomida O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi ssenariylar uchun tanlov e`lon qilgan edi. Rejissyor Hilol Nasimov ushbu tanlovda g`olib bo`lgan ssenariylar asosida suratga olinishi rejalashtirilayotgan badiiy filmlarga jalb qilinganini ma`lum qilamiz.

Шарҳлар