my5
Sevimli

SAN`ATKORLAR SIRDARYoLIK PAXTAKORLAR UChUN KONSERT UYuShTIRDI

Madaniyat 31.10.2017, 12:09
SAN`ATKORLAR SIRDARYoLIK PAXTAKORLAR UChUN KONSERT UYuShTIRDI

O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi jamoasi paxta-terimi mavsumini ko`tarinki ruhda davom ettirish maqsadida joriy yilning 29 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani paxta-terimi hasharchilari safida bo`ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.

Birlashma rahbariyati va xodimlari paxta dalalarida jonbozlik ko`rsatdi. Shuningdek, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Og`abek Sobirov, Sobirjon Mo`minov, G`iyos Boytaev, Ilhom Farmonov, O`zbekiston xalq hofizi Soyibjon Niyozov va «Surxon» guruhi qo`shiq-kuylar bilan terimchilarni xushnud etdi.

Paxta terimidan keyin dala maydonida Sayxunobod aholisi va terimchilari uchun O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi san`atkorlari ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Soat 18:00 da Guliston va Sayxunobod tumanlarining markaziy o`yingohlarida birlashma san`atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi bo`lib o`tdi.


Шарҳлар