my5
Sevimli

"O`ZBEKKINO" MILLIY AGENTLIGI “OTA UY” BADIIY FILMINI TAQDIM ETADI

Madaniyat 02.11.2017, 11:34
"O`ZBEKKINO" MILLIY AGENTLIGI “OTA UY” BADIIY FILMINI TAQDIM ETADI

Ota va farzandlar... Ular orasidagi chigal munosabatlar... Unutilayozgan mehr... Boy berilgan imkoniyatlar...

Bir umr huquq-tartibot idoralarida xizmat qilib, iste`foga chiqqan Rahim ota o`tgan hayotiga nazar tashlaydi. Yaqinlarini to`plashga, yana avvalgidek bir oila bo`lib yashashga harakat qiladi. Biroq, uning urinishlari samara bermaydi. Faqat bir tasodif tufayligina ular yana eski – ota uyida birlashadilar.

O`zbekiston xalq artisiti Po`lat Saidqosimov hamda Alisher Uzoqov, Bobur Yo`ldoshev, Feruza Sobitova, Uchqun Tillaev, Feruza Saidova singari taniqli aktyorlar ishtirok etgan "Ota uy" badiiy filmi joriy yilning 3 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tomoshabinlar hukmiga havola etiladi.

Шарҳлар