Му5
46

​JIZZAXDA KAM TA`MINLANGAN FUQARO DEPUTATLAR ARALAShUVI BILAN ShIFOXONAGA YoTQIZILDI

Erkin minbar 05.11.2017, 16:50
14131
​JIZZAXDA KAM TA`MINLANGAN FUQARO DEPUTATLAR ARALAShUVI BILAN ShIFOXONAGA YoTQIZILDI

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O`zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a`zolari hududdagi tibbiyot sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda ko`mak berishdi.

G`allaorol tumani Jiydali qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Bosimov, Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Shoyimovalar sog`ligi yomonlashganligi sabab, davolanishlarida yordam berishni so`rab deputatlik guruhi a`zolariga murojaat qilishgan. Ularning murojaatlari o`rganilib, fuqarolarning moddiy jihatdan kam ta`minlanganligini e`tiborga olgan holda tuman tibbiyot birlashmalariga deputatlik so`rovi bilan murojaat qilinib, ular zaruriy dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta`minlandi hamda o`z hududidagi shifoxonalarga davolanish uchun yotqizildi. Bu borada deputatlik so`rovi va partiya guruhi so`rovi kabi deputatlik nazorati vositalaridan faol foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu masalalarni dastlabki ko`rib chiqish jarayonida tegishli doimiy komissiyalar majlislarida faol ishtirok etish, shuningdek, partiya dasturiy maqsadlariga erishish hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan o`z takliflarini doimiy komissiya va sessiya muhokamasiga kiritish lozim.

Шарҳлар