my5
Sevimli

HARORAT KO`TARILGANDA…

SUG'DIYONA 06.11.2017, 10:04
Теглар: Salomatlik
HARORAT KO`TARILGANDA…

Olcha

Yarim stakan quritilgan olcha mevasi ustiga 2 stakan suv quying. Ustini yopgan holda past olovda suvining uchdan bir qismi bug`lanib ketguncha qaynating. Qaynatmani sovutib, kun davomida ichib tugatish kerak.

Maymunjon (ejevika)

Maymunjonning quritilgan barglari va mevasidan (dorixonalarda sotiladi) 2 osh qoshiq olib, ustidan 2 stakan qaynoq suv quying. Shu holda 6-8 soat termosda qoldiring. Qaynatmani iliq holda yarim stakandan kuniga 4 marta ichiladi.

Qulupnay yoki malina

Qulupnay yoki malinaning quritilgan mevalaridan 2 osh qoshiq olib, ustidan 1 stakan qaynoq suv quying. 3 soat davomida tindirib qo`ying. Kuniga 3 marta 1 stakandan ichiladi. Uchinchisini uyqudan oldan bir choy qoshiq asal bilan qabul qilinadi.

Jo`ka (lipa) daraxti guli

1 osh qoshiq quritilgan jo`ka gullari ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa tindiring. So`ng dokadan suzib olib, sovuting-da, 1 osh qoshiq asal qo`shing. Qaynatmani uyqudan oldin iliq holda yarim stakandan ichiladi.

Malina

Bir piyola issiq choyga 1 choy qoshiq malina murabbosi (yoki quritilgan mevalari)dan qo`shing. Ho`plab iching-da, o`ralib yoting.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Шарҳлар

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...