Долзарб мавзулар Foto

​O‘zLiDeP DEPUTATLARI SURXONDARYoLIK FUQARONI QIYNAYoTGAN MUAMMONI HAL ETIShDI

Бўлимлар: Erkin minbar
Теглар:
Добавлено: 07.11.2017, 13:49

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Qiziriq tumanida sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabulda O‘zLiDeP viloyat Kengashi mas`ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a`zolari hamda “O`lg`irsoy” va “Xo`jaipok” mahallalarida istiqomat qiluvchi 128 kishi ishtirok etdi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`limi mudiri Ziyoda QODIROVA bergan ma`lumotlarga ko`ra, sayyor qabulda Qiziriq tuman Bandixon hududida istiqomat qilayotgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilingan. Tadbir davomida fuqarolardan 20 dan ziyod murojaat qabul qilinib, 10 tasi o`z echimini topgan bo`lsa, qolgan murojaatlar deputatlik so`rovi jo`natish orqali hal etiladi.

– Meni uzoq vaqtdan buyon qandli diabet kasali bezovta qiladi, – deydi Qiziriq tumani Chinor mahallasida yashovchi Mamatg`ozi Keldiyorov. – Shu bois sayyor qabul davomida deputatlardan viloyat Kordiologiya markazida davolanish uchun order olishda amaliy yordam so`radim. Muammom ijobiy hal bo`lganidan juda xursandman. Buning uchun O‘zLiDeP deputatlik guruhi a`zosi M. Qobulovaga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ta`kidlash kerak, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi yil yakuniga qadar yana 5 ta ana shunday sayyor qabullarni tashkil etishni rejalashtirgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA