Sevimli

​ShAROF RAShIDOVNING ASARI ASOSIDA BALET NAMOYISh ETILDI

Madaniyat 08.11.2017, 15:04
​ShAROF RAShIDOVNING ASARI ASOSIDA BALET NAMOYISh ETILDI

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida Sharof Rashidovning “Ikki dil dostoni” asari asosida sahnalashtirilgan baletning namoyishi bo`lib o`tmoqda.

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning mazkur asari ko`plab adabiyot va san`at ixlosmandlarining e`tirofiga sazovor bo`lib, turli jahon tillariga tarjima qilingan, uning asosida ko`plab asarlar yaratilgan.

Balet Komde va Modanning otashin muhabbatini tarannum etadi.

“Ikki dil dostoni” baletiga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Fazliddin Yoqubjonov musiqiy rahbarlik va dirijyorlik qilgan, bosh baletmeyster O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shavkat Tursunov, sahnalashtiruvchi rassom – O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Zubaydullo Botirov.

Шарҳлар