Му5
3

“DUNYoNING ETTI MO``JIZASI”

Mutolaa 10.11.2017, 11:26
4015
“DUNYoNING ETTI MO``JIZASI”

Bir kuni maktabda “Dunyoning etti mo``jizasi” mavzusida dars o`tilayotgandi. Darsning boshida o`quvchilarga mo``jizalarni sanab, yozib chiqish vazifasi berildi. O`qituvchi o`quvchilarning daftarini yig`ib olayotganida, bir qizaloq hanuz o`z daftariga nimalarnidir qoralayotganiga ko`zi tushdi. O`qituvchi uning yoniga borib, yordam kerak emasmi deb qiziqqanida, o`quvchi qiz javob beribdi:

— Albatta, ko`magingiz kerak. Dunyoda mo``jizalar shunchalar ko`pki, ulardan qay birini yozay deb rosa ikkilandim.

Shunda o`qituvchi qizaloqqa yozgan mo``jizalarining ro`yxatini o`qib berishni so`rabdi. O`quvchi qiz biroz daftariga tikilib turib, asta sekin o`qishni boshlabdi:

— Mening nazarimda, dunyoning etti mo``jizasi bu:

  • Ko`rish
  • Eshitish
  • Harakat qilish
  • His qilish
  • Idrok etish
  • Kulish
  • Sevish

Qizaloq o`qishni tugatganida sinf suv qo`ygandek jim edi...

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Шарҳлар