Sevimli

MISRDAN KELGAN ODAM

Madaniyat 10.11.2017, 16:13
MISRDAN KELGAN ODAM
O`zbekiston Milliy kutubxonasida Aliaskar Fatxullinning «Yavdat Ilyasov. Marsdan kelgan odam» hujjatli filmi taqdimoti bo`lib o`tdi.

Mazkur hujjatli film «Tropa gneva», «Sogdiana», «Pyatnistaya smert», «Zaklinatel zmey», «Mest Anaxit» kabi asarlar ijodkori, tarixchi-yozuvchi Yavdat Ilyasovning hayoti haqida hikoya qiladi. Loyiha Sh.Mardjani jamg`armasi xayrixohligi ostida amalga oshirildi.

Yavdat Ilyasovningning jumboqlar, g`aroyib voqealarga boy hayoti uni unikal shaxs sifatida shakllantirdi. 50-70 yillarda xatto o`rta maktabni tamomlamagan odam hozirgi kunda O`zbekistonda va chet ellarda qayta-qayta nashr etilayotgan kitoblarni yaratganiga aql bovar qilmaydi.

U nafaqat tarixiy shoxasralar, she`riy asarlar, ssenariylar yozib, rus tiliga tarjimalar qilgan, balki o`zi haqida fantastik asarlar ham yaratgan. Ulardan biri – uning Marsdan kelganligi haqidagi hikoyadir. Buni u o`z o`g`liga tungi ertak sifatida so`zlab berar edi.

Film rejissyorning Yavdat Ilyasovni yaqindan tanigan insonlar bilan suhbati asosida qurilgan. Yozuvchi haqidagi xotiralari bilan uning o`g`li Djangar Ilyasov, qizlari Klara Larina va Ilona Ilyasova, kelini Saida Ilyasova, nabiralari Roman Larin va Maryam Ilyasova, shoir Raim Farxodiy, yozuvchi Suxrob Muhamedov, kinoaktyor Rustam Sagdullaev, san`atshunos Tigran Mkrtichev, yozuvchi Boris Golenderlar o`rtoqlashdilar.

Шарҳлар