AsosiyDunyo

Kiev to`qnashuvlarida halok bo`lgan 28 kishi hotirasiga motam kuni e`lon qilindi

Seshanba kuni Kievda Oliy radaning yig`ilishida oppozisiya 2004 yildagi konstitusiya hamda parlament va prezident boshqaruv shaklini qaytarishni talab qildi.

Shu kundan boshlab Kiev ko`chalarida norozilar va huquqni saqlash organi xodimlari orasida yana to`qnashuvlar yuz berdi. 

IIBning bergan ma`lumotlariga ko`ra, to`qnashuv oqibatida 800 kishi jarohatlangan.

Ukraina sog`liqni saqlash vazirligidan xabar qilishlaricha, ushbu to`qnashuvlar oqibatida 28 kishi halok bo`lgan va 445 kishi shifokorlarga muroajaat qilgan.  

Kievning markaziy ko`chalaridagi to`qnashuvlar oqibatida 18 fevral soat 10:00 dan 20 fevral 06:00 gacha tez yordam xizmatiga 445 kishi murojaat qilgan. Ulardan 287 nafari shifoxonaga yotkizilgan, - deyiladi vazirlik xabarida. 

RIA axborot agentligining xabar qilishicha, shifoxonaga yuborilganlardan 88 nafari huquqni saqlash organi xodimlari, 6 nafari jurnalistlar, to`rt bola hamda ikki nafar chet el fuqarolaridir.  

Ukraina Prezidenti Viktor Yanukovich 20 fevral, payshanbani halok bo`lganlar hotirasiga mamlakatda motam kuni deb e`lon qildi.

Prezident rasmiy saytida e`lon qilingan Farmonda ushbu kun Ukraina hududi bo`ylab Davlat bayrog`i tushiriladi, ko`ngilochar-konsert dasturlar, sport musobaqalar bekor qilinadi hamda tele va radio dasturlariga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi. 

    Boshqa yangiliklar