Sevimli

OZODBEK NAZARBEKOV BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa XORAZMNI ZIYoRAT QILDI

Madaniyat 13.11.2017, 15:10
OZODBEK NAZARBEKOV BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa XORAZMNI ZIYoRAT QILDI

O`zbekiston madaniyati kunlari endi Turkmaniston Respublikasida bo`lib o`tadi.

12 noyabr kuni 57 kishidan iborat delegasiya Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Delegasiya a`zolari K.Otaniyozov uy-muzeyida bo`lib, uning qabrini ziyorat qilishdi.

Shuningdek, Xorazmning ko`hna ziyoratgohlaridan biri “Ichan qal`a”ga hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Nurullaboy yodgorlik majmuasi va yana bir qancha tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Shu tariqa delegasiya navbatdagi madaniyat kunlarini o`tkazish uchun Turkmaniston Respublikasiga jo`nab ketdi.







Шарҳлар