Sevimli

GAVHAR MATYoQUBOVA 50 YIL MOBAYNIDA XALQ XIZMATIDA

Madaniyat 13.11.2017, 15:13
GAVHAR MATYoQUBOVA 50 YIL MOBAYNIDA XALQ XIZMATIDA

Joriy yilning 10 noyabrida O`zbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi va Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tomonidan Ustoz san`atkor, O`zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning 70 yillik tavallud kuni va ijodiy faoliyatiga 50 yil to`lishi munosabati bilan ijodiy kecha o`tkazildi.

Kechani O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ochib berdi va Gavhar Matyoqubovaning 70 yillik tavallud kuni, ijodiy faoliyatiga 50 yil to`lishi bilan tabrikladi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.

Tadbir davomida Gavhar Matyoqubovaning shogirdlari tomonidan tayyorlangan bir-biridan ajoyib raqslar ijro etildi va bu raqslar yig`ilganlarga birdek manzur bo`ldi.

Tadbir so`ngida Ustoz san`atkor, O`zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning shogirdlari ustozini tabriklab esdalik sovg`alarini topshirishdi.

Шарҳлар