AsosiyDunyo

AQShda qiymati $425 millionli jekpot yutib olindi

Poweball lotereyasi tashkilotchilari qiymati 425 million AQSh dollariga teng bo`lgan jekpotni Kaliforniya shtati Milpitas shahrida sotilgani haqida aytishmoqda. 

Xabar lotereya tashkilotining tvitterdagi rasmiy sahifasida qoldirildi. Hozircha jekpot egasi o`zining g`olibligi haqida xabar bermagan. Shuningdek, ushbu sovringa boshqa chipta g`oliblari ham davogarlik qilishlari mumkin. 

Tashkilotchilarning xabariga ko`ra, Kaliforniyadagi yana ikki kishi qiymati 2 million AQSh dollariga teng bo`lgan ikkinchi sovrin g`olibiga aylangan.    

Powerball lotereyasining jekpoti so`nggi bor o`tgan yilning dekabr oyida yutib olingan edi. Shundan so`ng tashkilotchilar 15 dan ortiq lotereya o`yinlarini o`tkazishdi. Ulardan so`nggisi o`tgan haftada bo`lib o`tdi. Shu tariqa jekpotning ummumiy qiymati 425,3 million AQSh dollariga teng bo`ldi. Bu qiymati bo`yicha AQSh tarixidagi oltinchi jekpot hisoblanadi.

Powerball jekpotida g`olib chiqish imkoniyati 175 millionga 1 ta to`g`ri keladi, - deyiladi Amerika OAVlari xabarida.

    Boshqa yangiliklar