AsosiyDunyo

Xitoyliklar otaning qiziga qilgan munosabatidan shokka tushishdi

Sinchuan shahrida istiqomat qiluvchi otaning qiziga qilgan munosabati xitoyliklarning katta muhokamasiga sabab bo`ldi.
   
Suratlarda ko`rinib turganidek, ota qiziga nisbatan qo`pol munasabatda bo`lmoqda. The Daily Mail nashrining xabariga ko`ra, ushbu voqea guvohlaridan biri vaziyatni suratga olib, Xitoyda mashhur bo`lgan ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylagan.
  
Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, qiz sovuq havoda qishki kiymi yoqmagani uchun uni kiyishdan bosh tortgan, ota qizini qishki kiymini kiyishi uchun uzoq vaqt  ko`ndirishga harakat qilgan. Biroq qaysar qizaloq otasining gapiga quloq solmagach, otaning sabri to`lgan hamda qizining ustidagi barcha kiyimlarini echib, yo`lka bo`ylab olib ketgan. 

Ota-bolaning qo`ni-qo`shnilari otaning farzandiga hech qachon qo`l ko`tarmagani hamda qizining og`zidan chiqqan narsalarni muhayyo qilaverib, juda ham erkalatib yuborganini aytishdi. 

Bo`lgan voqea haqida polisiya xodimlariga xabar berilgan, ammo polisiya otani jazolashga arzirli sabab topmadi.

    Boshqa yangiliklar