Ular 11 yoshli bolani yupun kiyimda bekatga o`tkazib, atrofdagilarning bunga ta`sirlanishini bilmoqchi bo`lishdi.
11 yoshli Yoxannes ismli aktyor bekatda sovuq qotganini ko`rsatib o`tiradi. U yon atrofdagilarga qishki kiyimi maktabda qolib ketganini va endi u uyga shu ahvolda borisha majbur ekanligini aytadi.
Tajriba natijasida, ushbu vaziyat xech kimni be`tibor qoldirmaganini aniqlandi.
Avvaliga norvegiyaliklar qo`lqoplarini berishdi keyinchalik esa o`z ust kiyimlarini ham boladan ayashmadi. Kadrga tushgan har bir kishi bolaga e`tibor qaratdi va yordam berdi.
SOS Mayday hayriya tashkiloti Suriya va boshqa notinch mamlakatlarda yashovchi bollarga yordam berish bilan shug`ullanadi. Tashkilot vakillarining so`zlariga ko`ra, yuqorida keltirilgan mamlakatdagi bolalar juda ham qiyin ahvolda. Ular Yoxannes tushgan vaziyatdan yuz chandon daxshatli ahvoldalar, biroq ularga hech kim yordam bera olmaydi. SOS Mayday vakillari Suriyadagi bolalar kiyimi uchun pul yig`adi.