AsosiyDunyo

Xitoylik fermer o`z Lamborghini’sini yaratdi

Barcha xitoylik fermerlar ham o`z Lamborghini avtomobillariga ega ekanliklari bilan maqtana olmaydilar. 

Ammo bir nechta mashina qismlari, 6 oylik og`ir mehnat va 8 000 AQSh dollari evaziga xitoylik fermer Guo o`ziga lyuks sinfdagi mini avtomobil yasab oldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar beradi. 

Uning mashinasi uzunligi 2 metr bo`yiga esa bor yo`g`i 1 metrni tashkil qiladi. Shunga qaramay u 60 km/s tezlikda harakatlana oladi. Shuningdek, mashinada orqani ko`rsatuvchi oyna, magnitofon mavjud. Eshiklari esa xuddi haqiqiy Lamborghini kabi tepaga ochiladi. Mashina yanada haqiqiysiga o`xshashi uchun fermer kompaniya logotopini ham sotib olib, mashina ruliga o`rnatib qo`ydi. Guo har kuni nabirasini maktabga o`zining antiqa mashinasida eltib qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar