The Daily Mail nashrining xabar qilishicha, bu ayolda koka-kola ichimligiga nisbatan haddan ziyod ishtiyoq baland. U kuniga gazlangan ichimlik suvidan 16 litrni ichib yuboradi.
Ayolning so`zlariga ko`ra, u kuniga 50 banka kola ichish istagidan qutula olmayapti. Buning oqibatida haftaisga ikki barobar semirib ketmoqda.
5 farzandning onasi Jekki Ballan ilk bor 15 yoshida kolani tatib ko`rgan va o`shandan beri undan voz kecha olmayapti. Agarda ayol kolani istagan paytda ichmasa, u vahimaga tusha boshlaydi. Jekki kola uchun oyiga 800 AQSh dollari sarf qilmoqda. Hozircha uni bu “zahar”dan qutqara oladigan shifokor topilmadi.